Norvegiyaliklar siri: tabiat bag‘rida bo‘lish qanday qilib salomatlik va baxtga olib boradi?
Vaqtini tabiat qo‘ynida o‘tkazish, dam olish kunlarida tog‘, o‘rmonga ketish norvegiyaliklar madaniyatining ajralmas qismiga aylangan. Hatto qishda bog‘cha bolalari ochiq havoda aravachada uxlashadi. Olimlar buni norvegiyaliklarning xalqaro baxtiyorlik indeksida yuqori o‘rinda turishining asosiy sababi sifatida ham ko‘rsatishmoqda. Xo‘sh, tog‘, o‘rmon bag‘rida ovqat tayyorlash, chodir tikib uxlash sog‘liq va baxtiyorlikka sabab bo‘ladimi?

Foto: Getty Images
Norvegiyaliklar madaniyatida “frilufsliv” degan tushuncha bor. 1850 yillarda norvegiyalik dramaturg Henrik Ibsen tomonidan qo‘llangan bu atama “free-loofs-liv”, ya’ni ochiq havoda yashash degan ma’noni bergan. Atama hozir qanday ma’noni anglatadi?
Frilufsliv nima degani?
1859 yilda Henri Ibasen frilufsliv atamasini “On the Heighs” dramasida ruhiy va jismoniy farovonlik uchun uzoq joylarda vaqt o‘tkazishni tasvirlash uchun ishlatgan.
Bugungi kunda shved, norvegiyalik va daniyaliklar frilufsliv deganda o‘rmonda tushlik qilishdan tortib, velosipedda (yoki qor tushganda chang‘ida) ko‘l bo‘yida do‘stlar bilan uchrashish kabilarni tushunadi.
Yoki oddiygina tog‘dagi kulbada dam olish ham frilufsliv mashg‘ulot sifatida qaraladi. Ya’ni u aynan bir faoliyat turi emas.
O‘rmonda sayr qilish, tog‘larda chang‘ida uchish ham uning bir qismi bo‘lishi mumkin.
Skandinaviya mamlakatlari nega tabiatni ko‘proq sevadi?
Bu ularning joylashuvi bilan ham bog‘liq. Skandinaviya davlatlarida tarixan va hozirgacha ham ko‘p yer kam aholi bo‘lgan. Ya’ni ulardan tabiatga yaqin bo‘lish imkoniyati doim bo‘lgan. Va bu hozirgacha ham saqlanib qolgan.
Norvegiya hududining 40 foizi o‘rmonlar va aholisi ham yashil maydonlarga yaqin yashashadi. 15 ta yirik shaharlari o‘rmon bilan o‘ralgan. Hududlarda urbanizatsiyalashuv sodir bo‘lsa ham odamlar tabiatda ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlaydi.
Bunga albatta oxirgi 100 yillikda turli kengash va ko‘ngillilar guruhlarining odamlarga tabiatda vaqt o‘tkazish nima uchun muhimligini tushuntirib borishgani ham sabab bo‘lgan.
Bog‘chadan boshlanadigan madaniyat
Norvegiyaliklarning juda katta qismi ochiq havoda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi . 2023 yilning iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, odamlarning 83 foizi frilufslivga qiziqadi. 77 foizi haftada bir kun, 25 foizi esa tez-tez tabiat qo‘yniga chiqadi. 2021 yildan beri to‘plangan ma’lumotga ko‘ra, 25 foiz norvegiyalik tunni ko‘chada o‘tkazadi.
Bolalarga tabiatga muhabbat bog‘chadan o‘rgatiladi. Bog‘chalarda qishda ham ko‘chada aravachalarida uxlashadi. Ko‘p bolalar bog‘chalarida kichkintoylar vaqtlarining 80 foizini tashqarida o‘tkazsa, maktabda yil davomida bolalar tabiat qo‘yniga chiqib, gulxan yoqadigan maxsus kunlar bor.
Frilufsliv jismoniy va aqliy salomatlik uchun ham foydali. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yashil maydonlarda bo‘lish tashvishlarni kamaytirishga va idrokni yaxshilashga yordam beradi. 2020 yilgi so‘rovda norvegiyaliklarning 90 foizi tabiatda vaqt o‘tkazganlarida o‘zlarini kamroq stress va ko‘proq yaxshi kayfiyatda his qilishini aytgan. Tabiatda vaqt o‘tkazish, xoh o‘rmonda sayr qilish bo‘lsin, xoh bir necha kunlik oddiy lager bo‘ladimi, norveglarga kundalik tashvishlardan biroz uzoqlashishga imkon beradi.
Tabiatda vaqt o‘tkazish targ‘iboti
Norvegiyada frilufsliv bilan shug‘ullanadigan maxsus tashkilot bo‘lib, u Norsk Frilufsliv deb nomalanadi. Bu tashkilotning tabiat qo‘ynida yashash, vaqt o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan 5000 dan ortiq klublari bor. Ularga qariyb 1 millionga yaqin kishi a’zo bo‘lgan. Norsk Frilufsliv’ni Norvegiyadagi 18 ta ko‘ngilli tashkilotlar tuzgan. Uni Norvegiya ochiq havo tashkilotlari uyushmasi deb ham atash mumkin. Tashkilotga istagan kishi a’zo bo‘ladi.
Norsk Frilufsliv tabiat bag‘rida motorli transport vositalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Tashkilot an’anaviy Norvegiya amaliyotiga muvofiq tabiatdan qanday foydalanish kerakligi va ochiq havoda tadbirlar o‘tkazishni targ‘ib qiladi.
Qonun va siyosat tabiatda bo‘lishga yordamlashadi
Norvegiya qonunlari va siyosati frilufslivni himoya qiladi va targ‘ib etadi. 1957 yilgi ochiq havoda dam olish to‘g‘risidagi qonun norvegiyaliklarning yer kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, tabiatda bo‘lish huquqini mustahkamladi. Ular istagan joylarida sayr qilish, gul va qo‘ziqorin terish, bir kechaga qolish huquqiga egalar. Buning evaziga sayyohlar tabiatga chiqindi tashlamasliklari shart.
Norvegiyada an’anaviy ish vaqti soat 8:00 dan 16:00 gacha etib belgilangan. Bu esa odamlarga ishdan vaqtli chiqib, tabiat bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga yordam beradi. Ko‘pgina ish beruvchilarning frilufsliv siyosatlari bor. Ya’ni ular odamlarni tashqariga chiqishga undash uchun ishchilarga moslashuvchan soatlar taqdim qilishadi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi
Jamiyat | 18:55
-
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 18:55
-
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB
Sport | 18:47
Mavzuga oid

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

10:03 / 20.03.2025