Özbekistonda bir qator davlat fuqarolik xizmatçilari rotatsiya qilinmaydi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi xabar bermoqda.

Ular quyidagilar:

tayyorlaş, qayta tayyorlaşdan va malaka oşirişdan ötayotgan;

homilador ayollar, şuningdek uç yoşga tölmagan bolalari bor ayollar;

tibbiy xulosaga asosan özlarining yoki ular bilan birga yaşovçi oila a’zolari soğliğining holati rotatsiya ötkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi böyiça xizmat majburiyatlarini amalga oşiriş imkoniyatini bermaydiganlar.

Davlat fuqarolik xizmatçisining rotatsiyasi — uning şaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantiriş, faoliyatining samaradorligini oşiriş, rahbar kadrlar zaxirasini şakllantiriş hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş maqsadida amalga oşiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatçisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bölgan boşqa lavozimga öz roziligi bilan ötkaziş orqali amalga oşiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida majburiy ravişda rotatsiya qilinişi lozim bölgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining röyxati belgilanadi.

Uşbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatçilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oşiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatçisining rotatsiyasi şartlari mehnat şartnomasida nazarda tutiladi.