Gap AQSh prezidenti Donald Tramp davrida Texas shtatida qurila boshlangan devorni yana 27,4 kilometrga uzaytirish haqida ketmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Departament xabariga ko‘ra, «hozir mamlakatga noqonuniy kirishning oldini olish uchun Qo‘shma Shtatlar chegarasi yaqinida to‘siqlar va yo‘llar qurishga jiddiy va shoshilinch ehtiyoj bor». Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 245 mingdan ortiq migrant Meksika chegarasi orqali Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy kirishga uringan.
Prezident Jozef Bayden o‘zining 2020 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida mamlakatga kirish punktlarida chegara xavfsizligiga e’tibor qaratishini aytgan edi. Ammo Donald Trampning chegara bo‘ylab devor qurish bo‘yicha urinishlarini masxara qildi va uni samarasiz deb atadi. «Agar u saylansa devorning bir futi ham qurilmaydi», degan edi Bayden.
Biroq, ichki xavfsizlik departamenti qayd etishicha, devorni uzaytirish majburiy, chunki buning uchun pul Kongress tomonidan 2019 yilda, ya’ni prezident Tramp davrida ajratilgan.











