Sönggi kunlarda Humo kartalari egalari tizim işlaşi bilan boğliq muammolarga duç kelmoqda.
Tölov tizimi bu boradagi ilk axborotini 4 oktyabr, çorşanba kuni e’lon qildi. Rasmiy relizda SMS-xabarnoma xizmatidagi muammo sabab “aksariyat Humo kartalari foydalanuvçilari” mobil ilovalarida tölov va pul ötkazmalarini amalga oşirişda qiyinçiliklarga duç kelayotgani tasdiqlandi va bu borada mutaxassislar iş olib borayotgani aytildi. Şu kuni kompaniya SMS-xabarnoma bilan boğliq “barça nosozliklar bartaraf etilgani”ni ma’lum qilib, noqulaylik uçun mijozlardan uzr söradi.
5 oktyabr kuni Humo yana bir bayonot çiqarib, muammo “faqat bank va tölov ilovalarida” kuzatilgani, “Humo terminallari va bankomatlariga ta’sir qilmagani”ni bildirdi hamda foydalanuvçilarni terminal işlamayotganini aytgan sotuvçilar ustidan soliq organlariga şikoyat qilişga çaqirdi.
Markaziy bankning 6 oktyabr kungi axborotida aytilişiça, Humo kartalarining “ayrim foydalanuvçilari” tölovlarni amalga oşirişda, şuningdek, mobil ilovalar orqali pul ötkazmalarini amalga oşirişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Qayd etilişiça, kompaniya MBni bu vaziyatdan xabardor qilib, hodisa sabablarini aniqlaş uçun barça zaruriy çoralar körilayotganini bildirgan. Öz navbatida, Markaziy bank vaziyatni barqarorlaştiriş uçun zarur çoralarni köriş böyiça tavsiyalar bergan.













