6 oktyabr kuni Ozarboyjonning Zangilon tumani, Oqband qişloği va Eron örtasidagi çegara hududida avtomobil köprigi va çegara-bojxona infratuzilmasi qurilişiga ramziy tamal toşi qöyiş marosimi bölib ötdi. Bu bilan Ozarboyjon Noxçivonga Eron orqali yölak qurişga kirişdi.
Azertac davlat axborot agentligi xabariga köra, yölak mamlakatlar hududi orqali tranzit yuk taşişni köpaytirişga xizmat qiladi hamda Noxçivon Muxtor Respublikasiga kiriş va çiqişni osonlaştiradi.
Quriliş «Ozarboyjon va Eron hukumatlari örtasida Eron hududi orqali Ozarboyjonning Şarqiy Zangezur iqtisodiy rayoni va Noxçivon Muxtor Respublikasi (NMR) örtasida yangi aloqa yölagini yaratiş böyiça özaro anglaşuv memorandumi»ga muvofiq boşlandi.
Bu hududda avtomobil yölidan taşqari temir yöl köprigi ham qurilişi rejalaştirilgan. Barça işlar bir yil içida yakunlanişi aytilmoqda.
Yölak qurilgaç, davlat çegarasidagi nazorat-ötkaziş punkti orqali har kuni 1,1 ming yengil avtomobil, 30 avtobus va 15 ming kişi ötişi kutilmoqda.
Ozarboyjon va uning tarkibiga kiruvçi Noxçivon Muxtor Respublikasini Armaniston hududi ajratib turadi. Biroq, Armaniston öz hududi orqali yölak qurilişiga rozilik bermadi. Şundan söng, Ozarboyjon va Eron örtasida şu haqda kelişuvga erişildi.

















