Afg‘onistonda kuchli zilzila: 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, mingga yaqin kishi yaralangan
Afg‘oniston g‘arbida, Eron bilan chegara yaqinida 6,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Kamida 120 kishi qurbon bo‘lgan, ammo halok bo‘lganlar soni keskin ortishi mumkin. Mingga yaqin kishi jarohatlangan.

Foto: Getty Images
Zilzila epimarkazi Hirot shahridan taxminan 40 km g‘arbda joylashgan, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 7 oktyabr kuni soat 11:00 atrofida boshlangan.
Ko‘plab binolar shikastlangan, odamlar xarobalar ostida qolib ketgan, kamida uch marta aftershok kuzatilgan.
Omon qolganlar ofis binolari avvaliga qattiq silkinib, keyin qulab tushgani haqida aytib berishgan.
«Biz ofislarimizda edik va kutilmaganda bino titray boshladi. Devorlardan shtukaturka tushib keta boshladi, yoriqlar paydo bo‘ldi, ayrim devorlar va binolarning bir qismi qulab tushdi», - degan AFP agentligiga Hirotda yashovchi Bashir Ahmad.
«Men o‘z oilam bilan qo‘ng‘iroqlasha olmayapman, mobil aloqa ishlamayapti. Men juda xavotirdaman va qo‘rqyapman, bu juda qo‘rqinchli edi», - deya qo‘shimcha qilgan u.
Favqulodda xizmatlar vakili Muso Ashariy jurnalistlarga shunday ma’lumot bergan: «Bugungi kunda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mingdan ortiq ayollar, bolalar va keksa yoshli kishilar yaralangan, 120 kishi halok bo‘lgan».
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni ayni vaqtga kelib 300 dan oshadi.
Hirotning Injil tumanida olingan kadrlarda qulab tushgan binolar yo‘llarni to‘sib qo‘ygani va bu qutqaruv ishlariga xalal berayotganini ko‘rish mumkin.
Hirot sharqdagi Eron bilan chegaradan 120 km masofada joylashgan va Afg‘onistonning madaniy poytaxti hisoblanadi.
Jahon bankining 2019 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 1,9 mln atrofida kishi yashagan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

20:09 / 15.04.2025
Afg‘onistonlik investorlar O‘zbekistondagi firmalar soni bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

16:09 / 09.04.2025
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temiryo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

07:56 / 09.04.2025