Joriy yilning 4 oktyabr kuni Avstriyaning Karintiya federal yeri Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi falokatga uchradi.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 21 yoshli K.N. va A.X. Sloveniyadagi Aviation Career Center aviamaktabining talabalari va hozirda Karintiya federal yeri klinikalarda davolanmoqda.

O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog‘langan. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.ga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.