Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Isroil bilan sulhni muhokama qilishga tayyor - OAV
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga bir necha ming raketa otib, «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasini boshlagan, Isroil bosh vaziri Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ma’lum qilib, HAMAS tashkilotini yo‘q qilishga va’da bergan edi.
Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan sulh tuzishni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Saudiyaning AlHadath telekanali xabar berdi.
«Biz [HAMAS vakillari] Isroil bilan sulhni muhokama qilishga ochiqmiz», deyiladi Falastin harakati bayonotida.
Avvalroq, HAMAS guruhi Isroilning G‘azo sektoriga ogohlantirishsiz uyushtirgan zarbalariga javoban garovga olinganlarni qatl etishni boshlash bilan tahdid qilgan, Isroil armiyasi esa garovga olinganlar xavf ostida bo‘lsa ham, G‘azo sektoridagi HAMAS pozitsiyalariga zarba berishda davom etishini ma’lum qilgan edi.
7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga bir necha ming raketa otdi va «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Shu fonda Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 7 oktyabr kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Isroil bosh vaziri Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ma’lum qilib, HAMAS tashkilotini yo‘q qilishga va’da bergan edi.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026