Metrodan foydalanish bo‘yicha yangi qoidalar tasdiqlandi
Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.

Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan “Metropolitenda yo‘lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalari” tasdiqlandi.
Metropolitenda yo‘lovchining bo‘lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilgani yo‘l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko‘rsatishi bilan tasdiqlanadi.
Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko‘zdan kechirish uchun taqdim etadi. Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko‘zdan kechirish jarayonida o‘zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko‘zdan kechirilishi mumkin. Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.
Metropoliten infratuzilmasi obektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
- yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish va shu bilan bog‘liq ko‘ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;
- metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yerusti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to‘plash, yoqish va gulxanlar tashkil etish;
- gaz yonilg‘isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.
Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
- spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste’mol qilish yoki mast holda kirish;
- qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
- metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo‘lish;
- bekatga yo‘lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig‘iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
- bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to‘plarini o‘ynash.
Yo‘lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega:
- o‘zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g‘ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang‘i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;
- nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini ko‘taruvchi/tushiruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko‘ra tegishli xodimlardan yordam olish;
- bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;
- o‘lchamlariga ko‘ra uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr bo‘lgan yuklarni bepul olib yurish.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi

10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

14:37 / 01.06.2024