Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindistonga quritilgan mevalar yetkazib berishni boshlaydi
Hindistonga bodom va yong‘oq mag‘izlari yetkazib beriladi.
Hindistonning Lutf Foods & PVT Ltd kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda amaliy safarda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Hindistonlik ishbilarmonlar safar doirasida Namangan viloyati Uychi tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlariga katta qiziqish bildirdi. Mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari va istiqbollari o‘rganildi.
Tomonlar O‘zbekistondan Hindistonga quruq meva, xususan, bodom va yong‘oq mag‘izlarini eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida joriy yil oktyabr oyida Lutf Foods & PVT Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidan quritilgan meva mahsulotlarini Hindistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
08:55 / 22.05.2026
Meva-sabzavot eksporti uchun yangi tartib joriy etildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026