Zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari şiddatli rivojlanişi barobarida axborot almaşinuvi tezligi misli körilmagan darajaga yetdi. Mustaqillik davrida Özbekistonda internet tarmoğining an’anaviy OAV olamiga kirib kelişi bosqiçma-bosqiç amalga oşdi.

Avvaliga an’anaviy OAV bilan elektron OKV (ommaviy kommunikatsiya vositalari) örtasida raqobat yuzaga kelmoqdami yoxud hamkorlikmi, deganga öxşaş xavotirli savollar paydo böldi. Şu orada bosma naşrlar yöqlikka yuz tutişini «başorat» qiluvçi qaraşlar ham paydo böla boşladi. Çunki ayni gipotezalar isboti ölaroq dunyo axborot maydonida misollar talaygina edi.

1645 yildan buyon çop etib kelinayotgan Şvetsiyaning eng keksa gazetasi bölmiş Post-och Inrikes Tindingar («Poçta va şahar içidagi xabarlar») nomli naşri 2007 yil yanvaridan öz faoliyatini töliğiça onlayn tizimiga ötkazişi katta şov-şuv keltirib çiqardi. Biroq mutaxassislar, şuningdek, keng jamoatçilikni taşvişlantirayotgan şunga öxşaş xavotirlar biryoqli bölmay turib OAV bilan OKV orasida hamkorlik aloqalari rivojlanib ketdi.

An’anaviy tarzda faoliyat yuritayotgan bosma naşrlar (moliyaviy imkoniyati yetarli bölgan bir qator gazeta va jurnallar va h.) öz elektron nusxalarini tarqata boşladi. Tele-radio kanallari öz körsatuv va eşittirişlarini ayni vaqtda internet orqali tarqatiş tajribasini qölladi.

2005-2007 yillarni öz içiga olgan mazkur dastlabki bosqiç tajribalari internet tarmoğidan samarali foydalaniş an’anaviy OAV imkoniyatlarini yanada kengaytirişini körsatdi.

Imkoniyat kengayişi va kuçayişi an’anaviy OAVning axborot oliş va tarqatiş samaradorligida ayniqsa namoyon böldi. Bosma naşrlardan tortib teleradiojurnalistika mazkur yangilikni öz faoliyatida keng joriy eta boşlaşi yana bir jiddiy yangilikni – dunyo miqyosida axborotni istalgan manzilga yetkaziş imkoniyatini keltirib çiqardi.

Axborot oqimi şiddatli tus olganiga qöşimça ölaroq endilikda uning tarqalişini çeklovçi tösiqlar yöqoldi. Axborotni çeklanmagan miqdorda va masofaga uzata olişning texnik imkoniyatlari sohada neçoğlik inqilob yasagan bölsa, uşbu imkoniyatlar natijasi ölaroq vujudga kelgan yutuqlar hamda muammolar alohida ilmiy-amaliy masala sifatida zamonaviy aql-idrok oldiga, jumladan mutaxassislar oldiga mutlaqo kutilmagan muammolarni köndalang qöydi.

Bu orada axborot-kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot keyingi bosqiçiga çiqdi. Respublikamizda 2007 yil yanvar oylaridan alohida, ya’ni faqat internetda faoliyat yuritadigan alohida naşrlar paydo böla boşladi. Bosma naşrlardan, an’anaviy tele-radiokanallardan butkul mustaqil ravişda faoliyat yuritadigan elektron OAV yaratiş işlari avj oldi. Ya’ni internet ommaviy axborot vositalari hisoblanmiş internet tele va radiokanallar, internet gazetalar va hokazo internet naşrlar soni köpaya borib, ular alohida onlayn axborot makonini taşkil eta boşladi.