Oktyabr oyining oxiridan Özbekistonda Captiva-5 sotuvlari boşlanadi. UzAuto Motors rasmiy sahifasida e’lon qilinişiça, yangilangan Captiva-5 LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida sotuvga çiqariladi. Ularning narxlari quyidagiça böladi:

  • LT1 (5 örindiqli): 299 900 000 söm;
  • LT2 (7 örindiqli): 319 900 000 söm;
  • Premier (7 örindiqli): 349 900 000 söm.  

Narxlar qöşilgan qiymat soliğini ham hisobga olgan holda körsatilgan.

UzAuto Motors 2021 yilning kuzida ham Captiva-5 modeli sotuvini boşlab, şartnomalar tuzgan, lekin ma’lum vaqtdan keyin jarayon töxtatilgandi. Bunga sabab sifatida Saptiva-5ʼning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi aytilgandi. Öşa paytda bu avtomobil 222 mln sömdan 310 mln sömgaça narxda sotuvga çiqarilişi xabar qilingandi.