Armaniston prezidenti Vaagn Xaçaturyan parlament tomonidan qabul qilingan Xalqaro jinoyat sudining (XJS) Rim statutini ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunni imzoladi. Xaçaturyan, şuningdek, Armaniston XJS vakolatlarini tan olişi haqidagi bayonotni ham qabul qildi.

Armaniston 1998 yilda Rim statutini imzolagan, biroq hujjat mamlakat Konstitutsiyasiga zid deb topilgaç, ratifikatsiya jarayoni 2004 yilda töxtatilgan edi. 2022 yil oxirida Armaniston hukumati ratifikatsiya jarayonini tikladi.

Rossiya Armanistonning hujjatni ratifikatsiya qilişiga faol qarşilik körsatdi, çunki, XJS 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order bergan. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravişda deportatsiya qilganlikda gumon etilmoqda.

Armaniston hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan Rim statutini ratifikatsiya qiliş zarurligini asoslab berdi: «Mamlakatimizga qarşi harbiy jinoyatlar sodir qilingan va qilinmoqda. Bizga bu [ratifikatsiya] kerak, mamlakatimizga kerak», degan edi parlament spikeri Alen Simonyan sentabr oyida.

Armaniston rasmiylari ratifikatsiya Ozarboyjon rahbariyatini Toğli Qoraboğdagi «ehtimoliy harbiy jinoyatlar» uçun Xalqaro jinoyat sudida javobgarlikka tortiş imkonini berişiga umid qilmoqda. Armaniston parlamenti spikeri örinbosari Akop Arşakyan aprel oyida mamlakat rasmiylari Putinni hibsga olmoqçi emasligini aytdi.

13 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin XJS orderi çiqqanidan keyin birinçi marta xorijiy davlatga taşrif buyurdi – u Qirğizistonga, MDH Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişiga bordi. Jurnalistlar bilan suhbat çoğida Putin xorijga borişni hali rejalaştirmayotganini, biroq Armanistonga borişga tayyorligini aytdi.