Isroil armiyasi quruqlikdagi operatsiyada HAMAS yetakchilarini qo‘lga olishga umid qilmoqda
TsAXAL G‘azo sektorida ko‘p sonli hujum rejalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images
G‘azo sektorida bo‘lajak keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya davomida Isroil armiyasi (TsAXAL) anklavga chuqur kirib borishni va HAMAS yetakchilarini qo‘lga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Haaretz gazetasiga tayanib Interfax xabar berdi.
«Quruqlikda harbiy operatsiya boshlanadi va vazifani bajarish uchun G‘azo yuragiga kirib borish talab etiladi», dedi TsAXAL vakili. Armiya rasmiylarining qo‘shimcha qilishicha, operatsiya tafsilotlari hali ham harbiy rahbarlar tomonidan muhokama qilinmoqda.
O‘z navbatida, Knessetning nufuzli a’zosi Gideon Saar Channel 12 News telekanaliga bergan intervyusida G‘azo sektori hududi «urush yakuniga qadar kichrayib borishi»ni taxmin qildi. Uning ta’kidlashicha, «xavfsizlik zonasi sifatida tasniflanadigan hudud yaratilishi kerak va unga kirgan har qanday odam darhol to‘xtatilishi lozim».
«Biz kampaniyamiz yakunini barchaga tushunarli qilishimiz kerak. Kim Isroilga qarshi urush boshlasa, o‘z hududini yo‘qotadi», deb qo‘shimcha qildi Saar.
14 oktyabr kuni ertalab Isroil armiyasi rasmiylari G‘azo sektorida keng ko‘lamli kampaniyaga va «ko‘p sonli hujum rejalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini, uning tarkibiga havo, dengiz va quruqlikdan muvofiqlashtirilgan hujumlar kirishini» aytdi.
Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil janubidagi TsAXAL bazasiga tashrif buyurib, G‘azo sektorida HAMAS tashkilotiga qarshi harbiy operatsiyaning navbatdagi bosqichi yaqinlashayotganini ma’lum qildi. Bir kun avval Netanyaxu o‘z vatandoshlariga murojaati chog‘ida Isroil ushbu operatsiya «qanchalik uzoq davom etmasin, HAMAS yo‘q qilinishiga» va’da bergan edi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

14:42
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

11:42
Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi

10:47