Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat malaka oshirishga yuboriladigan boshqaruv kadrlari lavozimlari tarkibini tasdiqladi
Akademiya 2023 yil oktyabr-2024 yil iyun oylarida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2023-2024-o‘quv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Akademiya va uning hududiy filiallarida mazkur qarorga muvofiq tasdiqlangan tarkibda boshqaruv kadrlarining malaka oshirish kurslarida ishtirokini ta’minlab boradi.
Akademiya 2023 yil oktyabr-2024 yil iyun oylarida malaka oshirish kurslarini tashkil etadi. 2023-2024-o‘quv yili davomida akademiyaga jami 46 professor-o‘qituvchi shtat birliklari ajratiladi.
Mavzuga oid
22:07 / 12.10.2025
O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
12:50 / 08.08.2025
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
13:35 / 03.03.2025