Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad bin Salmon: Isroil xalqaro qonunlarni hurmat qilishga majbur
Ar-Riyod Isroilning G‘azo sektorida tinch aholiga uyushtirgan hujumlarini qoraladi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Ar-Riyod Isroilning G‘azo sektorida tinch aholiga qarshi hujumlarini qoralashini aytib, xalqaro humanitar huquqni hurmat qilishga chaqirdi.
Muhammad bin Salmon Blinken bilan poytaxt Ar-Riyodda uchrashdi, deya xabar beradi SPA Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi.
Uchrashuvda Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholi va infratuzilma obektlariga hujumlarini qoralashini aytdi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan harbiy amaliyotlarni to‘xtatish muhimligini ta’kidladi.
Mamlakatining keskinlikni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatlariga ishora qilgan Muhammad bin Salmon: «Xalqaro insonparvarlik qonunlariga, jumladan, keskinlikni yumshatish va G‘azoga qo‘yilgan blokadani olib tashlashga rioya qilish kerak», dedi.
Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni Falastin xalqining qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun barqarorlik va tinchlik jarayonini tiklashga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
19:38
“Yo‘l yurish qimmat va xavfli” - G‘azo ko‘chalaridan reportaj
11:00
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
11:00 / 08.06.2026