«Isroil mavjud xavf qarshisida qoldi. Ukrainaning har qanday moliyalashtirilishi Isroil tomon yo‘naltirilishi lozim», — degan 9 oktyabr kuni Missuri shtatidan respublikachi senator Josh Gouli.

Oq uy azaldan bu siyosatchini «Rossiya dezinformatsiyasi» tarqatuvchisi deb kelgan bo‘lsa-da, Isroildagi mojaro tufayli Kiyevning g‘arb davlatlari tomonidan qo‘llanishini cheklash to‘g‘risidagi tezis asossiz emas. Garchi Jo Bayden ma’muriyati va Pentagon buni omma oldida inkor qilib turishgan esa-da.

«AQSh bir vaqtning o‘zida erksevar Ukraina xalqi va Isroil davlatini qo‘llab-quvvatlay olmaydi degan fikrlarni keskin rad etamiz», — deya qayd etgan AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha rasmiy vakili Jyeyk Sallivan.

«Bizda buni samarali amalga oshirish uchun resurslar, qurol-yarog‘lar va salohiyat yetarli», — deya qo‘shimcha qilgan u.

11 oktyabr kuni kunduzi AQSh Ukrainaga navbatdagi 200 mln dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. O‘sha kuni Isroilga Amerika harbiy yordami ortilgan samolyot kelib qo‘ndi.

Isroildagi qarama-qarshilik Ukrainadagi urushdek cho‘zilgan mojaroga aylanib ketsa nima bo‘ladi, degan savol ochiq qolmoqda.

Ukraina artilleriya o‘q-dorilari masalasida G‘arbga bog‘lanib qolgan. Foto: GETTY IMAGES

Doimo yetishmaydigan qurol

Isroilning o‘z qudratli harbiy-sanoat kompleksi to‘g‘risidagi bayonotlari — reallik emas, asosan mif va stereotip, deydi Defense Express kompaniyasi eksperti Ivan Kirichevskiy.

U Isroilning zirhli tank sanoati faxri, faol himoyaga ega Merkava tanki real jangovar harakatlarda o‘zini yomon tarafdan ko‘rsatganiga ishora qildi.

Isroil harbiy sanoat kompleksining yana bir faxri — «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi esa Amerika pudratchilari bilan kooperatsiya mahsulidir. HHM tizimidan davomli foydalanish asnosida Isroilga AQShdan raketa va butlovchi qismlar yetkazib turish kerak bo‘ladi, deydi ekspert.

155 mm kalibrli o‘q-dorilar bilan bog‘liq masala ham ochiq qolmoqda. Ukrainadagi urush mobaynida NATOga xos ushbu kalibrga ehtiyoj juda katta va ukrainalik harbiylar tomonidan telbalarcha ishlatilmoqda. Amerika va Yevropa zavodlari ularni ishlab chiqarishga ham ulgurmayapti.