Humo kartalari yordamida terminallar bilan tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Tölov tizimi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, nosozlik yaqin vaqtlarda bartaraf etilişini ma’lum qildi.

“Hozirgi vaqtda tölov tizimi terminallarida tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklar kuzatilmoqda. Yuzaga kelgan holat böyiça çoralar körilmoqda va yaqin orada barça nosozliklar bartaraf etiladi. Şu bilan birga eslatib ötamizki, mobil ilovalar va Humo bankomatlari odatiy tartibda işlamoqda”, deyiladi xabarda.

Rasmiy bayonotda mobil ilovalar odatiy tartibda işlayotgani aytilgan bölsa-da, ayni paytda Kun.uz muxbirining ilova orqali amalga oşirgan Uzcard kartasidan Humo kartasiga pul ötkazmasi bir soatdan oşiqroq vaqtdan buyon “osilib” turibdi: ötkazuvçi kartadan mablağ yeçib olingan, lekin Humo karta balansiga hali kirim bölganiça yöq.

Eslatib ötamiz, oy boşida Humo kartalari orqali onlayn tölovlar va pul ötkazmalarini amalga oşirişda bir neça kunlik nosozliklar kuzatilgandi.