Sektorlar rahbarlari Toshkentdagi harbiy qismda o‘qitilmoqda
Shahar va tumanlardagi 5 ta sektor rahbarlari poytaxtdagi harbiy qismlardan birida yashagan holda mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha o‘qitilmoqda. Kun.uz manbasiga ko‘ra, uch kunlik o‘quv seminarlariga jalb qilingan rahbarlarning bu vaqt davomida ko‘chaga chiqishi va telefondan foydalanishi mumkin emas.

O‘zbekistondagi tuman (shahar)larning sektor rahbarlari mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘qitilmoqda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, hududlardagi 5 ta sektor rahbarlari (hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq va milliy gvardiya boshliqlari) Toshkent shahrida qatnashish majburiy bo‘lgan o‘quv-amaliy seminarlarga jalb etilgan.
O‘qish muddati – 3 kun. Har bir yig‘inga 350 nafardan tinglovchi jalb qilingan. Bu vaqt mobaynida ular poytaxtdagi harbiy qismlardan birida istiqomat qiladi.
Rahbarlarning kun tartibi quyidagicha belgilangan:
- 6:00 – uyqudan turish;
- 07:30 – nonushta;
- 08:30 – avtobusga chiqish (kech qolganlar hududiga qaytarib yuboriladi);
- 09:30 – Prezident administratsiyasida o‘qish boshlanishi;
- 13:30 – tushlik;
- 19:00 – kechki ovqat;
- 20:00 – sektor faoliyati bo‘yicha taqdimot ishlab chiqishga tayyorgarlik;
- 21:00 – dam olishga ruxsat beriladi.
Manbaga ko‘ra, tinglovchilar bu kunlarda ruxsatsiz ko‘chaga chiqishi va telefondan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yig‘in yakuni bo‘yicha sektor rahbarlaridan imtihon olinadi. Imtihondan o‘ta olmaganlar lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

21:45 / 30.09.2024
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva

21:34 / 21.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi

12:59 / 01.11.2023