Jahon | 16:01 / 18.10.2023
23572
7 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharq, Yevropa va AQShda minglab kishilar falastinliklarni qo‘llab ko‘chalarga chiqdi. Fotosuratlar

17 oktyabr kuni kechqurun G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasi hududiga raketa zarbasi kelib tushdi, bu yerni otishmalar tufayli o‘z uylarini tark etgan falastinliklar ham boshpana qilgandi. HAMAS rahbariyati yuzlab qurbonlar haqida xabar berib, bunda Isroil mudofaa armiyasini ayblagan. TsAHAL esa shifoxona hududini vayron qilgan raketa Isroil hududini o‘qqa tutishga harakat qilgan «Islom jihodi» guruhi tomonidan uchirilganini da’vo qilgan. G‘azo sektoridagi shifoxonada yuzlab kishilar halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalishi bilan Turkiya, Iordaniya, Misr, Tunis, Suriya, Livan, Yaman, Eron va boshqa ko‘plab mamlakatlarda Isroil va AQSh elchixonalari atrofida ommaviy namoyishlar boshlandi. Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari nafaqat aholisining katta qismi musulmonlar bo‘lgan mamlakatlarda, balki g‘arbdagi Ispaniya, Germaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham o‘tkazildi.

Istanbul, Turkiya

Isroil konsulxonasi binosi atrofida bir necha ming kishi yig‘ilgan
Emrah Gurel / AP / Scanpix / LETA
Isroil milliy xavfsizlik kengashi Turkiyada isroilliklarga hujum qilinishi xavfi yuqori ekanini ma’lum qilib, mamlakat fuqarolarini zudlik bilan bu yerni tark etishga chaqirgan.
Burak Kara / Getty Images
Konsulxonaga mushaklar tashlangan, ayrim namoyishchilar diplomatik missiya hududiga bostirib kirishga uringan. NBC News xabariga ko‘ra, turk politsiyasi bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun suv purkagich va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan.
Burak Kara / Getty Images
Isroilning Istanbuldagi konsulligi atrofidagi aksiyadan tashqari, Amerikaning «Makdonalds» restoraniga hujum uyushtirilgan.
Burak Kara / Getty Images

Bayrut, Livan 

Bayrut markazida falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan aksiyada minglab kishilar to‘plandi.
Anwar Amro / AFP / Scanpix / LETA
Namoyishchilar AQSh elchixonasiga kelishdi. Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishgan.
Joseph Eid / AFP / Scanpix / LETA
O‘zi bilan Falastin bayroqlarini olib kelgan namoyishchilar ularni Amerika elchixonasi devorlariga ilib qo‘yishgan.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Livanda katta ta’sirga ega bo‘lgan «Hizbulloh» G‘azodagi shifoxonaga zarba berilishiga javoban «g‘azab kuni» e’lon qilgan.
Joesph Eid / AFP / Scanpix / LETA
AQShning Bayrutdagi elchixonasi atrofida yig‘ilgan namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Politsiya ularni tarqatish uchun maxsus vositalarni qo‘llagan.
Joseph Eid / AFP / Scanpix / LETA
Livan va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilmagani tufayli mamlakat poytaxti Bayrutda Isroil elchixonasi yo‘q. Aksiyalar AQSh elchixonasidan tashqari Fransiyaning Bayrutdagi elchixonasi va BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi shtab-kvartirasi oldida ham o‘tkazildi.
Bilal Hussein / AP / Scanpix / LETA

Nablus va Ramalloh, Iordan daryosi G‘arbiy sohili

Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Nablus shahrida, bu yerda hokimiyat Mahmud Abbos rahbarligidagi FATH harakati qo‘lida, namoyishchilar G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS bayroqlarini ko‘tarib chiqishgan.
Zain Jaafar / AFP / Scanpix / LETA
Ramallohda namoyishchilar yonuvchi modda solingan butilkalar va toshlar uloqtirib, yo‘llarni to‘sishga harakat qildi
Issam Rimawi / Anadolu / Vida Press

Rabot, Marokash 

Marokash poytaxti Rabotdagi aksiya parlament binosi oldidagi maydonda o‘tkazildi. Namoyishchilar Isroil bayroqlarini yoqishdi.
Jalal Morchidi / EPA / Scanpix / LETA

Tehron, Eron 

Amerikaning ham, Isroilning ham diplomatik missiyasi mavjud bo‘lmagan Eron poytaxtida namoyishchilar Fransiya elchixonasiga kelishdi. Uning devorlariga Isroilga qarshi shiorlar yozib ketildi.
Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETA
Tehronda namoyishchilar Buyuk Britaniya elchixonasi oldida ham to‘plangan.
Abedin Taherkenareh / EPA / Scanpix / LETA
Fransiyaning Erondagi elchixonasi tomon tuxumlar uloqtirildi.
Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA

Tunis 

Tunisda ham namoyishchilar Fransiya elchixonasi oldiga kelishdi. Ular Falastinni qo‘llab-quvvatlab, Isroil va AQShga qarshi shiorlar aytishdi. Namoyishlar tufayli AQSh Davlat departamenti Amerika fuqarolarini o‘ta ogoh bo‘lishga, namoyishlar o‘tkazilayotgan va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq bo‘lishga, shuningdek «safar rejalarini o‘zgartirishga tayyor bo‘lish»ga chaqirdi.
Fethi Belaid / AFP / Scanpix / LETA
Fransiya elchixonasi atrofidagi to‘siqlardan o‘tishga urinayotgan namoyishchilar
Yassine Gaidi / Anadolu / Vida Press

Berlin, Germaniya 

Berlinda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, Brandenburg darvozasi oldida namoyish o‘tkazildi. DW aksiya ishtirokchilari va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bergani haqida xabar bergan. Berlinning Noykyoln tumanida namoyishchilar ko‘chalarni «yondirilgan buyumlar» bilan to‘sgan va yetib kelgan politsiyachilarni toshbo‘ron qilgan.
Omer Sercan Karkus / Anadolu / Vida Press

Jirona, Ispaniya

Ayirmachilik harakati kuchli bo‘lgan Kataloniyaning Jirona shahridagi namoyishga 500 dan ortiq kishi yig‘ildi.
Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Norozilik aksiyasi ishtirokchilari Jirona meriyasi balkoniga yig‘ildi.
Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Jirona meriyasida Falastin bayrog‘i va «Falastinga ozodlik» yozuvi tushirilgan banner osib qo‘yildi.
Gloria Sanchez / Contacto / ZUMA Press / Scanpix / LETA

 AQSh

Vashington markazidagi aksiyada ham Falastin, ham Isroilning tarafdorlari bir vaqtning o‘zida to‘plandi. Voqea joyida olingan suratlarda ko‘rish mumkinki, Isroil tomonida bo‘lgan namoyishchilar soni falastinliklarni qo‘llovchilar sonidan ancha kam bo‘lgan.
Spencer Platt / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Nyu-Yorkda namoyishchilar namoyishga chiqqanlarning qo‘llaridagi plakatlarda «Daryodan dengizgacha Falastin» yozuvi aks etgan.
Fatih Aktas / Anadolu / Vida Press

Mavzuga oid