Birjada AI-80 benzini sotuviga cheklov kiritildi. UNG tarmog‘ida narx oshishi rad etildi
Rossiya benzin eksportini cheklashi ortidan, O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi AYoQShlarga birjadan AI-80 benzinini xarid qilishida kuniga 10 tonnalik limit belgiladi. Vaqtinchalik chora birjada xaridorlar soni ikki barobarga qisqarishiga olib kelgani aytilmoqda. “O‘zbekneftgaz” o‘z shoxobchalarida 1 noyabrdan narx oshishi mumkinligini rad etdi.

Foto: Kun.uz
“O‘zbekneftgaz” 1 noyabrdan boshlab AI-80 benzini narxining oshishi haqida internetda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ bu xabarlarni asossiz deb biladi va jamiyatga tegishli AYoQShlarda narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini ma’lum qiladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Narx oshishi haqidagi xabarlar Raqobat qo‘mitasi tomonidan tovar-xomashyo birjasida AI-80 benzinining kunlik savdosiga limit belgilangani ma’lum bo‘lishi ortidan tarqalgan edi.
Bozor ishtirokchilariga tayanib Spot'ning xabar berishicha, endilikda birja savdolarining har bir ishtirokchisi kuniga maksimal 10 tonna benzin sotib olishi mumkin bo‘ladi. Qo‘mita bu talab vaqtinchalik ekanini ma’lum qilgan. Cheklov 17 oktyabrdan kiritilgani keltirilgan.
Bunga javoban yoqilg‘i quyish shoxobchalari vakillari prezident qabulxonasiga benzin sotishning kunlik limitini 10 tonnadan 4 tonnagacha kamaytirishni so‘rab xat yo‘llagan. Xatda mamlakatda bir sutkada AI-80 benzinini ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 150 tonnani tashkil qilishi, birja savdolarida esa 30 tadan 34 tagacha xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishtirok etishi qayd etilgan. 10 tonnalik kunlik limitning joriy etilishi natijasida birjadagi benzin xaridorlari soni ikki barobarga yoki 15 tagacha qisqarib ketishi, shuningdek, bu hududlarda narxlarning oshishiga olib kelishi mumkinligi aytib o‘tilgan.
Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, belgilangan limit yoqilg‘i quyish shoxobchalarining bir qismi yopilishiga olib kelgan, birjadan benzin sotib olishga muvaffaq bo‘lgan boshqa AYoQShlarda esa navbatlar paydo bo‘lgan.
Tovar-xomashyo birjasining matbuot xizmati Raqobat qo‘mitasi tomonidan AI-80 rusumli benzinini sotish bo‘yicha kunlik limit belgilanganini Spot'ga tasdiqlagan. Birjadan ma’lum qilishlaricha, muammo cheklov hajmi bilan emas, balki talabni qondirish uchun ko‘paytirilishi kerak bo‘lgan kunlik ta’minot hajmi bilan bog‘liq.
Avvalroq, Rossiya hukumati ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish izohi bilan benzin va dizel eksportini taqiqlagandi. Ta’minotning cheklanishi esa Rossiyadan katta miqdorda neft mahsulotlarini import qilayotgan O‘zbekistondagi narxlarga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkinligi prognoz qilingandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
Jahon | 20:41
-
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
O‘zbekiston | 20:39
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
Mavzuga oid

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

10:05 / 11.04.2025