Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi yangi tayinlangan elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovga işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi.
Baxtiyor Saidov elçini Özbekistonda iş boşlagani bilan qutladi.
«Eronning Özbekistondagi elçisi lavozimiga tayinlangan Muhammad Ali Iskandariy janoblaridan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilişdan mamnunmiz. Özbekiston-Eron özaro manfaatli hamkorligini kengaytiriş böyiça ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik. Janob elçiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Baxtiyor Saidov.
Bundan oldin, 2019-2023 yillarda Hamid Nayrobodiy Eronning Toşkentdagi elçixonasiga rahbarlik qilgan edi.

















