Germaniya G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami uchun 50 mln yevro ajratadi
Germaniya G‘azo sektori aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaxshilashga yordam beradi, dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok.
G‘azo sektoridagi halokatli humanitar vaziyat tufayli Germaniya 50 million yevro miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatadi. Bu haqda 19 oktyabr, payshanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ammanda iordaniyalik hamkasbi Ayman Safadiy bilan qo‘shma chiqishida aytib o‘tdi. Pul BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi, YUNISEF va BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) kabi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga e’tibor qaratmoqda. «Biz G‘azoga tibbiy guruhlarni yuborishga, shuningdek, og‘ir yaralangan bolalarni davolash imkoniyatini yaratishga tayyorlanyapmiz», - deya qo‘shimcha qildi Germaniya tashqi ishlar vaziri. O‘z navbatida, Annalena Berbok Iordaniya rasmiylarini G‘azo sektoridagi tinch aholiga yordam berish uchun 4,7 million yevro ajratgani uchun olqishladi va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarini qirollikdan o‘rnak olishga chaqirdi.
Germaniya falastinliklarga moliyaviy yordamni muhokama qilmoqda
7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi munosabati bilan Germaniyada Falastin hududlarini Germaniya tomonidan moliyalashtirish borasida bahs-munozaralar avj oldi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Berlin Falastin bo‘yicha dunyodagi eng yirik donorlardan biri hisoblanadi. Birgina to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam yiliga 50 million yevroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Germaniya ushbu hududlarda BMT va nohukumat tashkilotlarining turli loyihalarini moliyalashtiradi.
Endi ba’zi nemis siyosatchilari moliyaviy yordamni to‘liq to‘xtatishga chaqirdi, Germaniyadan keladigan pul «antisemitizmni moliyalashtirmasligi kerakligi» aytildi.
Shunga o‘xshash muhokamalar Yevropa Ittifoqi darajasida ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, G‘azo sektoridagi humanitar vaziyat yomonlashgani sababli Yevrokomissiya joriy yordamni 25 million yevrodan 75 million yevrogacha oshirishga qaror qildi. Biroq, Bryussel boshqa loyihalarni moliyalashtirishni qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi.
HAMAS va Isroil
7 oktyabr kuni HAMAS jangchilari Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. O‘shandan beri Isroil HAMAS nazorati ostidagi aholi zich joylashgan Falastin hududiga yirik havo hujumlarini amalga oshirdi. Isroil armiyasi guruhni yo‘q qilish uchun G‘azo sektorida quruqlikdagi keng ko‘lamli operatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
11:54 / 17.12.2024
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
21:27 / 16.12.2024
Bundestag Olaf Sholsning so‘roviga binoan uning hukumatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
16:14 / 14.12.2024