O‘zbekiston | 13:46 / 20.10.2023
3382
1 daqiqa o‘qiladi

«Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lish jarayoni osonlashtiriladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni avtomatlashtirilgan tizimda ro‘yxatga qo‘yishda ular «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lish uchun arizani onlayn yuborishi mumkin bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori qabul qilindi.

Endilikda hunarmandchilik sub’yektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni avtomatlashtirilgan tizimda ro‘yxatga qo‘yishda ular «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lish uchun arizani onlayn yuborishi mumkin bo‘ladi.

Ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida xabarnoma tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki davlat xizmatlari markazi orqali yuboriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid