Özbekiston prezidenti maslahatçisi Qahramon Quronboyev Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uçraşuvda Özbekistondan kelgan mehnat migrantlari farzandlari uçun Rossiyada xususiy boğça va maktablar oçişga yordam berişni söradi. Uning ğoyasiga köra, muassasalar vatandoşlar hisobidan qurilişi mumkin va Rossiya ta’lim dasturi asosida işlaşi kerak. 

Qahramon Quronboyevning bunday sörovi Rossiyada işlayotgan Özbekiston fuqarolari orasida bolalarni boğça va maktablarga joylaştiriş bilan boğliq muammolar fonida yuzaga kelgan. Quronboyev, şuningdek, Rossiya hukumatiga Rossiyaga kelayotgan Özbekistonning yoş fuqarolari uçun migratsiya tartiblarini soddalaştirişni taklif qilgan. 

Bundan taşqari, Quronboyev yoşlar parlamentlari va ikki mamlakat parlamentlarining ixtisoslaştirilgan komissiyalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va talabalar almaşinuv dasturlarini, jumladan, quriliş brigadalarini taşkil etişni taklif qilgan. 

Şuningdek, u Özbekiston iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş sohasida Rossiya tajribasini qöllaşdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.  

«Örta kasb-hunar ta’limini rivojlantiriş va uni Özbekistonda joriy etiş böyiça Rossiya tajribasini örganişni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz», deb qöşimça qildi Quronboyev.

Qayd qilinişiça, hozir xorijda doimiy asosda mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolari soni 2 million kişidan oşadi, ularning 60 foizdan ortiği Rossiyada mehnat qilmoqda. Özbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga köra, 2022 yilda mehnat muhojirlari vataniga 20 milliard dollarga yaqin pul ötkazgan, ularning 80 foizdan ortiği Rossiyadan yuborilgan.