O‘zbekiston | 12:05 / 20.10.2023
5864
3 daqiqa o‘qiladi

The Digital Banker versiyasi bo‘yicha “Kapitalbank” ATB O‘zbekistondagi "Eng yaxshi chakana bank" nominatsiyasini oldi

Foto: Kapitalbank

2023 yilning 19 oktabr kuni Tsingapurda bo‘lib o‘tgan Global Retail Banking Innovation Awards 2023 mukofotining tantanali marosimida, Best Retail Bank – Uzbekistan (O‘zbekistondagi eng yaxshi chakana bank) nominatsiyasida bosh mukofotni “Kapitalbank” ATB qo‘lga kiritdi.

Global Retail Banking Innovation Awards (GRB Awards) dunyoning chakana banking sohasidagi eng katta obro‘ga ega mukofotlaridan biridir. Mukofot sovrindorlari iste’molchilar bankingi, mahsulot innovatsiyasi va xizmatlar sohasida standartlarni o‘rnatadigan dunyoning yetakchi banklaridir. Mukofot hakamlar hay’ati tarkibiga analitik, auditorlik va konsalting: Deloitte, KPMG, Ernst&Young, PwC, Forrester va boshqa kompaniyalar vakillari kiradi.

“Kapitalbank” ATB ushbu sharafga The Digital Banker hakamlar hay’atining qat’iy qaroridan so‘ng sazovor bo‘ldi, – dedi Nirav Patel, The Digital Banker boshqaruvchi direktor va muharriri. – Keng filial tarmog‘i va raqamli imkoniyatlarga ega bo‘lgan chakana banking sohasida kuchli pozitsiyasi, Kapitalbank’ga innovatsion mahsulotlar bilan majmuaviy yechimlarni taqdim etish va aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradi. O‘zbekistondagi eng yirik chakana kreditor sifatida bank kreditlash bozorining 14 foizini va jismoniy shaxslarning depozitlarining 16 foizini egallaydi, bu esa kelgusida o‘sish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. 

– Xalqaro mukofot, birinchi navbatda, jamoamiz a’lo darajada ishlaganining yana bir dalilidir, – deydi “Kapitalbank” ATB boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz jahonning eng zamonaviy texnologiyalari va yechimlarini bank sohasiga faol joriy etib, ularni millionlab O‘zbekiston aholisiga taqdim etmoqdamiz. Va, albatta, biz mijozlarimiz uchun bank xizmatlarining sifati va ishonchliligini faqat yuqoriga ko‘tarishga harakat qilamiz, chunki bu yetakchi bo‘lib qolishning yagona yo‘lidir.

“Eng yaxshi chakana bank” nominatsiyasida sovrinlar uchun butun dunyodan jami 190 ta bank kurash olib bordi, ekspert hakamlar hay’ati taqdim etilgan arizalar orasidan har bir mamlakatdan bittadan g‘olibni tanladi.

Sayt: www.kapitalbank.uz

Reklama

Mavzuga oid