AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani kiçik Robert Kennedi 9 oktyabr kuni kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida qatnaşinini e’lon qildi. Avvaliga u demokratlar praymerizida qatnaşib, Jo Baydenga raqobatçi bölmoqçi edi, lekin qaraşlari respublikaçilar orasida maşhurlikka erişgaç, mustaqil nomzod bölişga qaror qildi.

Rossiyaning «Meduza» mustaqil naşri sörovi bilan Amerika haqidagi One Big Union telegram-kanali muallifi Yan Veselov Kennedi haqida maqola yozdi. Unda mamlakatdagi eng katta ta’sir doirasiga ega oila vakili uyidan haydalgani, nega qarindoşlari tomonidan qöllanmasligi va saylovdagi imkoniyatlari haqida söz boradi.

Ikkita suiqasd, narkotiklar va ekofaollik

AQŞ tarixidagi eng maşhur prezidentlardan biri Jon Kennedini 1963 yil – birinçi muddati yakunlanişi arafasida otib öldirişadi. Bu voqeadan 5 yil ötib, Robert 14 yoşga kirgan vaqtda yana bir qotil endi uning otasi Bobbi Kennedini ham öldiradi. Öşa vaqtda Bobbi Kennedi prezidentlik saylovida öz nomzodini qöygan va Demokratik partiya praymerizida ğolib bölişiga yaqin qolgandi.

Otasi va amakisining öldirilişi Robertga jiddiy ta’sir qiladi. Siyosatçi har ikki holat böyiça rasmiy xulosani rad etib, qotilliklarga Markaziy razvedka byurosining aloqasi bor deb hisoblaydi.

Bobbi Kennedining dafn marosimidan ikki hafta ötib qayğuga tölgan oila kayfiyatsiz holatda Robertning akasining tuğilgan kuni munosabati bilan dasturxon yozadi. Robert hazillaşib içimliklarga holsizlantiradigan dori qöşib qöyadi. Öşa vaqtda 12-farzandiga homilador bölgan azador onasi Etelning jahli çiqib «Uydan çiqib ket, hayotimdan daf böl», deb öğlini haydab soladi.

Ona öğlini xususiy maktab internatga berib, öqişi davomida biror marta ham uni körgani bormaydi. Robertni yomon xulqi va narkotik iste’mol qilgani uçun ikki marta öqişdan haydaşgaç, u özini otaliqqa olgan oila bilan yaşaşga majbur böladi.

1970 yilda 16 yoşli Robert Kennedini marihuana çekkani uçun qölga olişadi. Faqat senator amakisi Edvard Kennedining aralaşuvidan keyin ösmirni sinov muddati bilan qöyib yuborişadi. Narkotik iste’mol qilişiga qaramay, Robert Harvard universitetiga öqişga kirib, tarix va adabiyot böyiça bakalavr diplomini oladi. Keyin esa huquqşunoslikka öqiydi.

Robert 1982 yilda Nyu-York okrug prokuraturasiga işga kiradi, ammo huquqşunoslik litsenziyasiga imtihondan ötolmagani uçun köp ötmay işdan ketadi. Maktab davridanoq geroin iste’mol qila boşlagan Robert 1983 yil narkotik ta’sirida samolyotda mazasi bölmay qolgaç, yana qölga olinadi. Ammo bu gal ham qamoqdan qutulib qoladi. Unga axloq tuzatiş jazosi qöllanadi. Özining aytişiça, geroin iste’mol qilişdan qutuliş uçun unga 14 yil vaqt kerak bölgan.