Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya tahlil markazlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Madrid shahrida O‘zbekiston va Ispaniya tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya Siyosat va xavfsizlik tahlili instituti prezidenti Manuyel Morato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya tahlil markazlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar strategik sheriklikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu munosabat bilan, Ispaniya tahlil markazlarining yetakchi ekspertlari va manfaatdor vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirokida O‘zbekistonning yangi tashqi siyosati va uning Markaziy Osiyoda xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishdagi o‘rni haqida muntazam ravishda qo‘shma davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Yaqin vaqt oralig‘ida O‘zbekistonning tahlil institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan ham kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
07:20 / 24.11.2025
2430 ta til tahlili grammatik o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatdi
13:16 / 20.11.2025
Uy-joy bozori jonlandi: bitimlar soni bir oyda 12 foizga ko‘paydi
11:21 / 23.10.2025
Avtobozor sentabr oyida pasaydi, elektromobillar rekord yangiladi
11:48 / 11.06.2025