O‘zbekiston | 08:45 / 24.10.2023
2543
2 daqiqa o‘qiladi

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilindi

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1-, 2-, 3-o‘rinlar) g‘oliblar aniqlanadi.

Foto: Shutterstock

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi joriy yilning 4-10 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:

ikkinchi bosqichda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;

akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar;

o‘tgan o‘quv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘tgan o‘quv yilida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fani bo‘yicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1-, 2-, 3-o‘rinlar) g‘oliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishini ta’minlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar:

1-o‘rin uchun  — 1 mln 980 ming so‘m;
2-o‘rin uchun — 1 mln 320 ming so‘m;
3-o‘rin uchun — 990 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid