Turkiyaning Sunexpress aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.
Shaharlar o‘rtasida parvozlar 2023 yilning 12 noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan.
Parvozlar haftasiga uch marta - dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Sunexpress aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan bo‘lib, Turkiya va Yevropa bo‘ylab muntazam va charter asosida yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.











