Jamiyat | 16:00 / 26.10.2023
20138
4 daqiqa o‘qiladi

“O‘zkimyosanoat” AJ kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi

24 oktyabr kuni London shahrida Fitch Ratings agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada Fitch Ratings reyting qo‘mitasi “O‘zkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, sohaga keng qamrovli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida qabul qilingan qator Farmon va qarorlarida bir qancha vazifalar belgilangan. Vazifalar qatorida “O‘zkimyosanoat” AJ korporativ xalqaro kredit reytingini olishi ham qayd etilgan. Kimyo korxonalarida davlat ulushini qisqartirish, transformatsiya qilish, sohaga korporativ boshqaruv va xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish borasidagi ishlar yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda

Xususan, “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan kimyo sanoatining investitsion jozibadorligini yangi darajaga olib chiqish maqsadida Fitch Ratings va Moody’s kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari bilan xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Joriy yilning 24 oktyabr kuni London shahrida Fitch Ratings agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada Fitch Ratings reyting qo‘mitasi “O‘zkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. “O‘zkimyosanoat” AJ yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi.

Qolaversa, Jamiyat va xalqaro agentlik o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Xalqaro kredit reytingi birinchi marotaba qo‘lga kiritilgan davrda uni tasdiqlash uchun 2-nufuzli reyting agentligi bilan ishlar olib borish shartligi belgilangan. Shu munosabat bilan, bir vaqtda Moody’s xalqaro reyting agentligi bilan ham ishlar olib borilib, hozirda ushbu agentlikning ham xalqaro reytingni tasdiqlashi kutilmoqda.

Agentliklar tomonidan kredit reyting berilishi “O‘zkimyosanoat” AJ uchun bir qator afzalliklarni yaratadi:

1.     Potensial investorlarda korxonalarimizning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ijobiy munosabat va ishonch hosil qilib, xalqaro moliyaviy instrumentlardan samarali foydalangan holda tashqi va ichki moliya bozorlaridan resurslarni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlardan qo‘shimcha ta’minotlarsiz (davlat, bank va xorijiy hamkorlar kafolati), arzon kredit resurslarini jalb qilish mexanizmi yengillashadi;

2.     Jamiyat hamda tarmoq korxonalarining qimmatli qog‘ozlarini (aksiya, yevrobond, depozitar qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar) xalqaro birjalarda joylashtirish hamda sotish imkoniyati yaratiladi;

3.     Qarorlarda belgilangan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi qarz mablag‘larini jalb qilishda talab etiladigan qo‘shimcha xarajatlar iqtisod qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida: Fitch Ratings Inc. - dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri. Jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit baholashlari, tadqiqotlari va ma’lumotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan.

fitchratings.com/entity/jsc-uzkimyosanoat-97471773

Veb-sayt: uzkimyosanoat.uz

Telegram : t.me/uzkimyosanoat

Facebook: facebook.com/uzkimyosanoat

Instagram: instagram.com/uzkimyosanoat.uz

Youtube: youtube.com/channel/UCHKwDYGx_B4q1SzmitXJVOw

Reklama

Mavzuga oid