«Uzbekistan Airports»ning xabar berişiça, 27 oktyabr kuni Toşkent–Madina yönalişida parvoz qilayotgan UZP-361 reysi mahalliy vaqt bilan soat 13:37 da qaytib, Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan. Ta’kidlanişiça, aeroportga qaytiş haqidagi qaror ekipaj tomonidan texnik sabab tufayli qabul qilingan.
Kun.uz holat yuzasidan «Uzbekistan Airports» AJ matbuot xizmati bilan boğlandi. Xizmat xodimi Ahmadjon Orifjonovning aytişiça, hozirça samolyot aynan qanday texnik sabablarga köra qaytarilgani ma’lum emas. Kun yakuniga qadar aniq ma’lumotlar e’lon qilinişi aytildi.
Rasmiyga köra, «Panorama Airways» aviakompaniyasi bu reysi uçun özidagi yagona Airbus A330 rusumli samolyotini uçirgan. Yönaliş böyiça manziliga yetolmagan yölovçilarga qanday bort jalb qilinişi noma’lum.
Ma’lumot uçun, «Panorama Airways» özining ilk reysini 2022 yil dekabr oyida amalga oşirgandi. Öşanda Toşkent-Urganç-Toşkent yönalişi böyiça ilk tijoriy reys parvoz qilgandi.

















