Latviya rossiyaliklardan musodara qilingan mashinalarni Ukrainaga beradi

Foto: saeima.lv
Latviya «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, Rossiya raqamlariga ega avtomobillar 3 oy ichida mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki mamlakat hududidan olib chiqilishi shart. Qonun loyihasi birinchi o‘qishda Seym tomonidan ma’qullangan.
«Agar shu muddatdan so‘ng Latviyada ro‘yxatdan o‘tmagan Rossiya avtomobili yo‘l harakatida foydalanilgani aniqlansa, u hibsga olinadi va musodara qilinadi. Musodara qilingan avtomobillarni Ukrainaga berish rejalashtirilmoqda», deb izoh berdi qonun mualliflari. Ro‘yxatdan o‘tish muddatiga rioya qilmaslik jarimaga ham sabab bo‘ladi.
Latviya Seymi tushuntirishicha, qonun loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalarni amalga oshirish va xavfsizlik choralari doirasida qabul qilingan.
Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalaridan Latviya hududida foydalanishga faqat Latviya hududi orqali tranzit o‘tilgan taqdirda ruxsat beriladi. Rasmiylar Latviya hududi orqali faqat bitta tranzitga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, bu esa 24 soat ichida amalga oshirilishi kerak. Latviyaga kirishdan oldin, shaxs Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (CSDD) tomonidan taqdim etilgan elektron xizmatlardan foydalangan holda transport vositasi va haydovchisi haqida ma’lumot berishi kerak.
Tuzatishlar, shuningdek, ba’zi istisnolarni nazarda tutadi, masalan, diplomatik va konsullik xizmati tomonidan foydalaniladigan yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari uchun.
Qonun kuchga kirishi uchun Seym tomonidan ikkinchi – yakuniy o‘qishda ham ma’qullanishi kerak. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, 15 noyabrdan kuchga kiradi.
17 sentabrdan boshlab, Polsha Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtomobillarning o‘z hududiga kirishini taqiqladi. Ilgari xuddi shunday taqiqlar Finlyandiya, Litva, Latviya va Estoniya tomonidan joriy etilgan edi. Norvegiya ham shunday qaror qabul qilish rejasini e’lon qildi, ammo hali buni amalga oshirmadi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025