Avtoraqamlar onlayn auksionida 5 ta çiroyli raqam 165 mln söm boşlanğiç narx bilan sotuvga çiqarildi. Ularning törttasi Surxondaryo viloyati, bittasi Buxoro viloyati hududida röyxatga olinadi.
Sotuvga çiqarilgan «oltin» raqamlarning 3tasi jismoniy şaxslar uçun möljallangan.



Avtoraqamlardan ikkitasi yuridik şaxslar uçun sotuvga qöyilgan.


Avtoraqamlarning 4 tasi 12 oktyabr kuni, 1 tasi 24 oktyabr kuni sotuvga çiqarilgan.
Auksion savdolarida odatda oxirgi soatlarda «bozor» qizğin keçişiga e’tibor qaratilsa, bu «oltin» raqamlar boşlanğiç narxdan bir neça barobar qimmat narxlarda sotilişi turgan gap.
Raqam uçun milliardlar
Birjada sotilgan avtoraqamlar summasi yildan yilga ösib bormoqda. 2019 yilda 156,1 mlrd sömni, 2020 yilda 262,6 mlrd sömni, 2021 yilda 298,8 mlrd sömni hamda 2022 yilda 304 mlrd sömni taşkil etgan.
2019 yilda onlayn-auksionlar orqali 36 mingdan ortiq avtoraqam sotilgan bölsa, 2022 yilga kelib bu körsatkiç 118 mingga yetgan.
2019 yil. 36 mingdan ziyod «çiroyli» avtoraqamlar 156.1 mlrd sömga sotilgan. Tuzilgan bitta bitimning örtaça narxi 4.3 mln sömni taşkil etgan. 2019 yilda sotilgan eng arzon «çiroyli» avtoraqam - 1 mln 23 ming 786 sömga, eng qimmati esa 91 mln 876 ming sömga baholangan.
2020 yil. 262,6 mlrd sömlik 106 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Tuzilgan bitta bitimning örtaça qiymati 2,4 mln sömni taşkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 92,3 foizi jismoniy şaxslar, 7,7 foizi yuridik şaxslar tomonidan xarid qilingan. Avtoraqamlarning eng past bahosi 450 ming sömni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 206,7 mln sömni taşkil qilgan.










