Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin Samarqanddagi turizm obektlari bilan tanishmoqda.

Xu Xepin O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida tarixiy shaharning sayyohlik joylari – Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi hamda Shohi-Zinda ansambli bilan tanishdi.

Shu bilan birga, mehmonlarga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev hamrohlik qilmoqda.

XXR delegatsiyasi tashrifidan maqsad «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusining 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishdan iborat.