Ortda qolayotgan hafta davomida Özbekistonda röy bergan muhim voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari – Kun.uz dayjestida.
Telefon raqam va IMEI böyiça özgarişlar
2017 yil boşidan beri, ya’ni salkam 7 yildan buyon muhokama qilib kelinayotgan özgarişlardan biri nihoyat amalga oşdi. Endi Özbekistonda ham telefon raqamni saqlab qolgan holda, aloqa operatorini özgartirsa böladi. Bu yangilik 27 oktyabr kuni, Toşkentdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida e’lon qilindi.
Buning qulayligi şundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlaşi, şu bilan birga, öz raqamini özgartirmay saqlab qolişi mumkin. Bu ayniqsa qimmatbaho raqam egalari uçun katta qulaylik tuğdiradi. Raqamni bitta kompaniyadan ikkinçisiga çeklanmagan marta olib ötsa böladi, faqat oxirgi özgarişdan kamida 1 oy ötgan bölişi kerak.
Bu imkoniyatdan foydalaniş uçun abonent özi ötmoqçi bölayotgan aloqa operatorining ofisiga murojaat qilib, ariza berişi va tölov qilişi kerak. Tölov miqdorini operatorlar mustaqil belgilaydi. Hozir aksar kompaniyalar bu miqdorni 60 ming söm deb belgilagan. Yangi SIM-karta oliş jarayoni 10 daqiqa, bu SIM-kartaga eski raqamni biriktiriş esa uzoği 8 soatgaça vaqt oladi.
ICTWEEK'da IMEI tizimi böyiça ham bir neçta ijobiy yangiliklar ma’lum qilindi. Uyuşgan jinoiy guruhlar xorijga çiqib kelgan fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga mobil qurilmalarni röyxatdan ötkazib kelgani bu borada asosiy muammolardan biri edi. Rasmiylarga köra, endi qurilmani UzIMEI tizimida röyxatdan ötkazişda masofadan turib şaxsni biometrik identifikatsiya qiliş, ya’ni Face-ID amaliyoti joriy etilgan. Fuqarolarga ularning nomiga qaçon va qanaqa qurilmalar röyxatdan ötkazilganini köriş imkoniyatini yaratiş ustidagi işlar esa hali davom etayotgani aytildi.
Bundan taşqari, endilikda jismoniy şaxslar xorijdan özi bilan olib kirgan bitta emas, ikkita telefonni bojxona tölovlarisiz röyxatdan ötkazişi mumkin. Şuningdek, çet el fuqarolari esa mobil qurilmalaridan röyxatdan ötkazmasdan foydalaniş davri amaldagi 30 kundan 60 kunga uzaytirildi.
Fermerga klasterni tanlaş erki beriladimi?
Yaxşi yangiliklardan yana biri – fermerlarga klasterni ixtiyoriy tanlaş imkoniyati berilişi mumkin. Şavkat Mirziyoyev bu yilgi mavsumdan töğri saboq çiqarib, qişloq xöjaligidagi yondaşuvlarni özgartiriş vaqti kelganini aytdi. Ma’lum qilinişiça, hozirda kelgusi yildan boşlab fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlaş va hosilning şartnomadan ortiqça qismini erkin sotiş imkoniyatini beriş masalasi muhokama qilinyapti.
Huquqiy jihatdan olganda, fermerlarda bunday imkoniyat hozir ham bor. Qonunçilikka köra, fermer özi işlayotgan viloyat hududidagi klasterlar orasidan xohlagan bittasi bilan şartnoma tuzişi, yoki umuman klaster bilan işlamasdan, boşqa fermerlar bilan birga kooperativga birlaşişi mumkin. Lekin ularning boşqa köplab huquqlari qatorida, klasterni erkin tanlaş yoki umuman tanlamaslik huquqi klasterlarning manfaatiga xizmat qiladigan hokimlar tomonidan poymol qilib kelinyapti.
Albatta, fermer huquqini çeklayotganlar faqat mahalliy rasmiylar emas. Prezidentning agrar rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi Şuhrat Ğaniyev bu hafta yana jamoatçilik e’tiboriga tuşdi. U selektorda bergan topşiriqqa asosan, klasterlar terimni tugatmagan fermerlarning dalalariga kombayn kiritib, paxtani terib ketişga ruxsat oldi.
“Fermer mening paxtamni terib ketding, deya olmaydi. Klaster bergan mablağ, klaster bergan öğit, klaster bergan çigit. Fermer nima degan taqdirda ham klaster noqonuniy iş qilmagan böladi”, – dedi Şuhrat Ğaniyev.
Qonunçilik, albatta, Ğaniyev aytganidek emas. “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunning 16-moddasiga köra, fermer yetiştirgan mahsulotini öz xohişiga köra tasarruf qiliş huquqiga ega. Bu qonunning 22-moddasida fermer xöjaliklarining işiga davlat amaldorlarining aralaşişiga yöl qöyilmaydi, deb yozib qöyilgan.
Soha vakillariga köra, ayrim joylarda paxta birinçi terimdan keyin terilmay qolib ketayotganiga sabab – terimçilarning yöqligi. Çunki terim narxi hatto qişloqlarda ham mehnat bozori iştirokçilari uçun yetarliça jozibador emas. Bu esa klasterlar fermerlardan paxtani past narxda sotib olayotgani bilan boğliq. Ya’ni dalada qolgan paxtani terib topşirişdan fermer manfaatdor emas.
Qişloq xöjaligi vazirligi bu yil paxta qaysi narxda xarid qilinişini e’lon qilmadi. Buni izohlagan vazir Aziz Voitov narxni klasterlar va fermerlar erkin bozor tamoyillariga asoslanib belgilaşini aytdi. Lekin fermerlarda tanlov imkoniyatining yöqligi, ular klasterlarga qaram qilib qöyilgan şaroitda erkin bozor munosabatlari haqida gapirib bölmaydi. Qolaversa, vazir havola berayotgan hujjatlarda 2023 yil paxta hosili uçun 2023 yil 1 fevralgaça, 2024 yilgi hosil uçun esa 1 oktyabrgaça şartnomalar tuzilişi kerak edi, lekin har ikkalasi ham öz vaqtida bölgani yöq.
Şuhrat Ğaniyevning noqonuniy topşiriğiga biror rasmiy aks-sado bölmadi, lekin şu topşiriq sabab bölib fermerlarning erksizligi mavzusi kötarilgani fonida, davlat rahbarining klasterlarni ixtiyoriy tanlaş va ortiqça hosilni erkin sotiş haqidagi bayonoti yangradi. Şu kuni qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov işdan olindi.
Voitov 2022 yil avgustidan beri vazir lavozimida edi. Uning örnini oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov egallaydi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga esa Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlaniş departamenti direktori Odil Abdurahmonov rahbar etib tayinlanadigan böldi.
Qonundagi lazeyka – firibgarlarga rağbat
“Jinoyat kodeksining 74-moddasida jazoni yengilroği bilan almaştiriş degan qoida bor. Masalan, firibgarlik uçun 8 yil olgan şaxs jazoning uçdan birini, ya’ni 2 yil-u 8 oyini ötab bölganidan keyin, yengilroq jazo bilan oçiqqa çiqişi mumkin böladi. Tasavvur qilyapsizmi? Milliardlarni özlaştirgan firibgar bu pullardan bir sömini qaytarib bermasa-da, 2 yil-u 8 oydan söng ozodlikka çiqib, özlaştirgan pullarini maza qilib yeb yuradi. Yuqoridagi kabi jazodan oson qutulib ketiş hollari amaliyotda tölib yotibdi”.
Bu – ikki yil oldin firibgarlik mavzusida Kun.uz'da e’lon qilingan maqoladan parça edi. Afsuski, oradan şunça vaqt ötgan bölsa ham, qalloblarga katta şaroit yaratib berayotgan qonunçilikda biror özgariş qilinmadi. Natijada biz yuzlab, minglab odamlar çuv tuşayotgan yangidan yangi firibgarliklarga duç kelişda davom etyapmiz.
Şu hafta ma’lum bölişiça, 2021 yilda “Avto 60 oy” işi böyiça 8 yilga qamalgan Jamşid Bahodirov hozir ozodlikda. U odamlarga foizsiz, pulini 5 yilga bölib tölaş şarti bilan avtomobil olib berişni va’da qilib, minglab fuqarolarni 34 mlrd sömdan ortiqqa tuşirgan, sud uni 8 yillik qamoqqa ravona qilgan edi. Ma’lum bölişiça, Jamşid Bahodirov 3 yilga bormay ozodlikka çiqib olgan.
Buning ustiga, u yana “arzon va qulay şartlarda avtomobil hamda kvartiralar olib beriş xizmatlari”ni taklif qilib, yuzlab odamlar bilan şartnoma tuzişda iştirok etgani aytilyapti. Kun.uz ixtiyoridagi materiallar yana yuzlab odamlar navbatdagi yirik firibgarlik qurboniga aylanganini körsatyapti. Bu haqda batafsil yaqin orada saytimizda öqişingiz mumkin böladi.
Hafta davomida qalloblikda gumonlanayotgan yana bir şaxs muhokama mavzularidan biri böldi. Qöştirnoq içidagi “biznes trener” Islom Ibrohimov qidiruvga berilgan. Içki işlar vazirligi saytidagi ma’lumotga köra, u juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanyapti.
Kun.uz suriştiruviga köra, Ibrohimov odamlarni özining kompaniyasiga investitsiya kiritişga taklif qilib, yiliga 70 foizlik foydani va’da qilgan. U jami 200 ga yaqin odamni salkam 500 ming dollarga “uxlatib ketgan” bölişi mumkin. Uni qölga oliş esa, aftidan, içki işlar organlariga oson bölmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qaraganda, Islom Ibrohimov hozir çet elda bölişi mumkin. U göyoki Kanadaga borganini aytib joylagan rasm va videolari bu iddaosi yolğon ekanini sotib qöyayapti. Örganişlarimizga köra, bu kadrlar katta ehtimol bilan Dubay şahrida olingan.
Aslini olganda, Islom Ibrohimov odamlarni laqillatib yurgani ötgan yiliyoq SUBYEKTIV loyihasining filmidan keyin aniq bölgan edi. Içki işlar vazirligi bu holatga nega öşandayoq e’tibor qaratmagani taajjublanarli. Qolaversa, agar vazirlik qonunçilik şu holatda qolişiga indamay qarab turaversa, 8 yilga qamalib, 3 yilga bormay çiqib kelgan firibgarlar röyxati kengayişda davom etaveradi.
Advokatlarning oğzini yopişmoqçi
Advokatlar palatasi tomonidan işlab çiqilgan yangi hujjat loyihasi advokatura sohasi va inson huquqlari böyiça vaziyatni inqirozga yetaklaşi mumkin. Xavotirli loyihaga palataning özi qarşi ekanini bildirgan bölsa ham, loyiha hamon kun tartibida qolyapti.
Gap şundaki, Advokatlar palatasi “Advokatning kasb etikasi qoidalari”ni yangi tahrirda qabul qilmoqçi. Loyihaning 55-moddasi bilan, advokatlarga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat organlari va ularning mansabdor şaxslarini muhokama qiliş, “olib borilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallar”ni joylaştirmaslik talabi qöyilişi mumkin. Ya’ni bu – töğridan töğri söz erkinligining çeklanişi böladi.
Loyiha mualliflarining izohlaşiça, advokatlarning tanqidiy çiqişlari göyoki islohotlarga nisbatan işonçsizlikni keltirib çiqaryapti. “Mazkur vaziyatlar keskinlaşib, xalqning noqonuniy mitinglar uyuştirişi, aholi tinçligi buzilişiga ham sabab bölmoqda”, – deyiladi rasmiy izohda.
Jamoatçilik va advokatlarning e’tirozlaridan keyin, loyiha muallifi ekani aytilgan Advokatlar palatasining özi bu moddaga qarşi ekani va u qoidalarga kiritilmasligini aytib bayonot berdi. Ayni paytda, Kun.uz bilan suhbatlaşgan soha vakillariga köra, loyihaning bahsli joyi faqat 55-moddadan iborat emas. Unda advokatlar mustaqilligi va erkinligi çeklovçi boşqa talablar ham bor. “Bu hujjat tasdiqlansa, işlamasak ham bölaveradi”, dedi advokatlardan biri. Loyiha Advokatlar palatasining 18 noyabr kungi konferensiyasida muhokamaga qöyilişi kutilyapti.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Navbatdagi daraxtlar qirğini Toşkent tumanidagi dendroparkda röy berdi. Ma’lum bölişiça, bu yerda 85 tup qimmatbaho navli daraxt kesib taşlangan, 103 tup daraxt esa qurib qolgan. Dastlab 100 gektardan iborat bölgan örmon hududi hozir 57 gektar bölib qolgan. Tadbirkorlik niqobi ostida issiqxona quriş uçun olingan joylar asta-sekin 4 sotixdan bölinib, uy-joy joy quriş uçun sotib yuborilgan. Prokuratura holat böyiça jinoyat işi oçdi.
Qaşqadaryoda içimlik suvi bilan dalasini suğorgan ikki dehqonga jazo tayinlandi. Nişon tumanidagi dehqon xöjaligi rahbari magistral tarmoqqa noqonuniy ulanib, ekinlarini suğoriş uçun 280 mln sömlik suv öğirlagan. Buning uçun u 3 yilga qamaldi. Şahrisabz tumanida esa fermer 60 mln sömlik suv öğirlagani aniqlanib, unga 1 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Farğonaning Uçköprik tumanida hokimlik xodimlari qimor öynagani uçun işdan olindi. Tumanning kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi boşliği örinbosari hamda iqtisodiyot-moliya bölimi boşliği iş joyida qarta öynayotgani rasmi internetda tarqalib ketgan edi. Ma’lumot uçun, bu kabi holatlar avval ham kuzatilgan va ularda ham qimor öynagan mas’ullar işdan olingan edi.
Toşkentdagi yana bitta “novostroyka”da lift tuşib ketdi. Voqea Mirzo Uluğbek tumani Parkent köçasidagi uylardan birida sodir bölgan, unda içida odamlar bölgan lift 9-qavatdan pastga tuşib ketib, 5-qavatga yetganida avariya tormozi sababli töxtagan. Rasmiylarga köra, heç kim jarohat olmagan. Aniqlanişiça, lift belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilmagan va foydalanişga qabul qilinmagan. Uyda odamlar yaşay boşlaganiga esa salkam 3 yil bölgan.
Özbekiston Qirğizistonga harbiy vertolyot sovğa qilgani ma’lum böldi. Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning aytişiça, uning mamlakati 2021 yilda Özbekistondan MI-8MTV rusumli harbiy vertolyotni bepul insonparvarlik yordami sifatida qabul qilib olgan. Bundan taşqari, Özbekiston qirğiz harbiylarining xuddi şunday vertolyotlardan birini Çirçiq aviatsiya zavodida bepul ta’mirlab bergan.
Özbekiston Ğazo sektorida öt oçişni töxtatişga çaqirmoqda. Bu borada mamlakatimiz BMT Boş assambleyasida qabul qilingan rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Isroilning özi, AQŞ va Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari öt oçişni töxtatiş böyiça çaqiriqqa qarşi çiqdi. Hafta davomida, şuningdek, taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Özbekistondagi elçilari bilan uçraşib, mojaroni faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquqqa asoslangan holda hal qilişga çaqirdi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova











