Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiylarga ijarada turganlik uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lash miqdori 50 foizga oshiriladi
Harbiy xizmatchilarga va harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan (chiqarilgan) fuqarolarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ularning kalendar hisobdagi harbiy xizmat muddatiga muvofiq dastlabki badal miqdori oshiriladi.
O‘zbekiston prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston prezidentining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi:
harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash miqdorini 50 foizga oshirish;
harbiy xizmatchilarga va harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan (chiqarilgan) fuqarolarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ularning kalendar hisobdagi harbiy xizmat muddatiga muvofiq dastlabki badal miqdorini oshirish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Qurolli kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarning so‘rovnomasiga asosan harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasining oshirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratadi, 2024 yildan boshlab zarur mablag‘larning davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutilishini ta’minlaydi.
Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026