Dollar kursi ilk marta 12 300 so‘mdan oshdi
Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekistondagi deyarli barcha banklar AQSh dollarini 12 300 – 12 310 so‘mdan sota boshladi. 2023 yilning birinchi ish kunidagi kurs bundan roppa-rosa 1000 so‘mga (9 foiz) arzonroq edi.

Foto: Kun.uz
Dollarning so‘mga nisbatan ayirboshlash kursi birinchi marta 12 300 so‘mdan oshdi.
2 noyabr kuni O‘zbekistondagi aksariyat tijorat banklari 1 AQSh dollarini 12 300 – 12 310 so‘mdan sota boshladi.
Shuningdek, banklarda 1 AQSh dollari uchun 12 195 – 12 245 so‘mlik diapazondagi xarid kurslari amal qilmoqda.
- 12 300 so‘mdan pastroq sotuv kursini faqat Octobank (sobiq Ravnaqbank) belgilagan: 12 270 so‘m.
- Dollarni so‘mga ayirboshlash bo‘yicha eng yaxshi kursni esa SQB va BRB taklif etmoqda: 12 245 so‘m.
Markaziy bank 2 noyabrdan e’tiboran dollarning rasmiy kursini 12 249,00 so‘m deb belgilagan.
2023 yilning birinchi ish kuni – 4 yanvarda banklarda dollarning sotish kursi 11 300 – 11 305 so‘m edi.
10 avgust kuni dollar kursi birdaniga 400 so‘mdan oshiqroqqa qimmatlab, 12 000 so‘mdan oshgan, bu 2018 yildagi valutani erkinlashtirish islohotidan keyin ro‘y bergan eng katta sakrash bo‘lgandi.
Markaziy bank buni O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari valutalari qadrsizlanayotgani bilan izohlagandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

18:30 / 10.01.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi

21:41 / 30.12.2023
2023 yil O‘zbekiston iqtisodiyotida: Agrar islohot, budjet defitsiti va energetikada tashqi bog‘liqlik

23:14 / 13.12.2023
Argentina o‘z valutasini ikki barobar devalvatsiya qildi

18:39 / 23.11.2023