Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi
Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish bo‘yicha “Zarbdor ikki oylik” tadbiri boshlangan.
Joriy yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.
21 oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish bo‘yicha “Zarbdor ikki oylik” tadbiri boshlangan.
Tadbir davomida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va kunlik tahlilini yuritish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida “Tezkor shtab” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida alohida 12 ta mobil brigada tashkil qilinib, jami 146 nafar xodim va ishchi-xizmatchilar jalb etilgan.
Tadbir boshidan 31 oktabr kuniga qadar 10644 nafar qoidabuzar piyoda aniqlandi, ularga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.
1 422 nafar haydovchiga nisbatan esa piyodalarga yo‘l bermagani uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026