Joriy yil 16 noyabr kuni Jyeneva şahrida Özbekistonni Jahon savdo taşkilotiga kabul kiliş böyiça işçi guruhining 7-yiğilişi bölib ötadi. Uçraşuv çoğida jarayonni tezlaştiriş masalasi böyiça muzokaralar olib borilişi rejalaştirilgan.

Xöş, JSTga qöşiliş nima uçun muhim va qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Birinçidan, bu – işonç. Taşkilotga a’zo davlatga investorlar kirib kelişi oşadi, çunki sarmoyadorlarda Özbekiston istalgan paytda “öyin qoidalari”ni özgartirib, öziga moslaştira olmaydi, degan qaraş paydo böladi. Ya’ni a’zo bölişdan oldin 164 ta davlat va JST oldida aniq majburiyatlarni qabul qiliş kerak. Investorlarning Özbekiston bozoriga kirişi yangi iş örinlari yaratilişiga, örta muddatli istiqbolda esa taşkilotga a’zolik inflatsiya pasayişiga ham zamin yaratadi.

Ikkinçidan, Özbekiston tomonining ham investor sifatida boşqa bozorlarga kirişi ança osonlaşadi, çunki örtada özaro şartnomalar paydo böladi. Mahsulot eksport qiliş uçun yangi bozorlar oçiladi. Ma’lumki, Özbekiston dengizdan ança uzoqda joylaşgan va eksport amalga oşiriş uçun bir neçta davlatlar çegaralarini bosib ötişiga töğri keladi. JSTga qöşiliş çetga tovar eksport qiliş uçun çegaralarni kesib ötişni osonlaştiradi.

Uçinçidan, içki bozordagi raqobatbardoşlik kuçayadi. JSTning asosiy tamoyili – erkin, oçiq va şaffof raqobat hisoblanadi. Agar Özbekiston taşkilotga a’zo sifatida qabul qilinsa, bosqiçma-bosqiç bölsa-da proteksionizmdan voz keçişi kerak. Bu birinçi navbatda, bojxona tariflari kamayişi hisobiga iste’molçilarga arzon va sifatli tovarlar hamda xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini taqdim qiladi. Xomaşyo narxi pasayişi hisobiga mahalliy mahsulotlar narxi ham arzonlaşadi va xalqaro bozordagi raqobatbardoşligi ortadi. Çetdan olib kirilayotgan xomaşyo narxi qança arzon bölsa, mamlakat içida işlab çiqarilgan tayyor mahsulot narxi ham şunça past böladi. Raqobatbardoşlik oşadi. Bu dastlabki davrda milliy işlab çiqarişga salbiy ta’sir ötkazsa-da, uzoq muddatli istiqbolda raqobat muhitini vujudga keltirişda ijobiy omil hisoblanadi.

Xususan, mamlakat içidagi ayrim monopol kompaniyalarning içki bozordagi ustun mavqeyiga çek qöyiladi. Markaziy bank tahlillariga köra, Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi natijasida import uçun bojxona tariflarining qisqarişi, şuningdek Özbekistonda qöşimça avtoulov işlab çiqariş korxonalarining taşkil etilişi avtomobil bozoridagi taklif hajmini oşiradi. Bu esa, içki bozordagi narxlarning pasayişiga sabab böladi. Xususan, muayyan xarakteristikaga ega avtomobillarni olib kirişda hozir 30 yoki 40 foizlik boj böladigan bölsa, JSTga a’zo davlatlar Özbekiston oldiga uşbu körsatkiçni 5 yoki 10 foizgaça pasaytiriş majburiyatini qöyişi mumkin.

Törtinçidan, byurokratiya kamayadi. Xalqaro savdo munosabatlarida bojlar savdo aloqalari tösilişiga qançalik muammo deb qaralsa, notarif tösiqlarga ham şunday köriladi.

Notarif tösiqlar bu – turli xil sertifikatlar, standartlar, karantin qoidalari, qaror va farmonlar orqali özaro savdoga xalaqit beruvçi, raqobatni buzuvçi sun’iy joriy qilingan vositalar. Bu ham import mahsulotlari narxining oşişiga, savdo erkinligiga xalal beradi.

Umumun olganda, JSTga kiriş Özbekiston taşqi savdosini qay darajada erkinlaştirişi olib borilayotgan muzokara jarayonlariga boğliq. Çunki köp mamlakatlar JSTga kirayotganida preferensiyalar va ba’zi istisno holatlarni saqlab qolişga, özining içki işlab çiqaruvçilarini nisbatan uzoqroq vaqt davomida himoya qilib turişga harakat qiladi. Şu jihatdan, qisqa muddatli davrda taşkilotga qöşilişimiz taşqi savdoni keskin darajada erkinlaştirib yubormasligi mumkin. Ammo taşkilot qoidalari mamlakat miqyosida hammaga birdaniga himoya çorasini qöllaşga ruxsat bermaydi. Bu muayyan çeklangan sohalarda qisqa muddatga beriladi xolos.

Doston Ahrorov