Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston va AQSh harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi
Armaniston bosh shtabi rahbari Edvard Asryan AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi rahbari o‘rinbosari Stiven Basham bilan muzokara o‘tkazdi.
Armaniston bosh shtab rahbari Edvard Asryan Shtutgartdagi AQShning Yevropa qo‘mondonligi (EUCOM) qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda 6 noyabr, dushanba kuni Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
General-leytenant Asryan 3 noyabr kuni Shtutgartga tashrifi doirasida EUCOM qo‘mondoni o‘rinbosari Stiven Basham bilan mintaqaviy xavfsizlik va arman-amerika harbiy hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, AQShning Armaniston qurolli kuchlarida islohotlar o‘tkazishda ko‘maklashishi masalalarini muhokama qildi.
Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Stiven Basham Qo‘shma Shtatlarning Armaniston Qurolli kuchlariga hozirgi yordamni davom ettirishga, shuningdek, harbiy ta’lim, harbiy tibbiyot, tinchlikni saqlash va jangovar sohalarda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini boshlashga tayyorligini bildirdi.
EUCOM qarorgohidan tashqari, Edvard Asryan Gogenfels shahrida joylashgan AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining Yevropadagi qo‘shma ko‘p millatli o‘quv markazi va Serjantlar tarkibi akademiyasiga ham tashrif buyurdi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026