“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

Olmazor tumani: “Istiqbol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Zarqo‘rg‘on” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha
Yunusobod tumani: “Billur” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.