«Chegara bilmas muxbirlar» Rossiyada mustaqil axborot platformasini ishga tushiradi
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti tayyorlayotgan platforma yaqin haftalarda ishga tushadi. Bu orqali tashkilot rossiyaliklarga mustaqil yangiliklardan foydalanish imkoniyatini berish niyatida.

Foto: Anton Novoderezhkin/Tass/dpa/picture alliance
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro huquq tashkiloti yaqin haftalarda rossiyaliklarga mustaqil yangiliklardan foydalanish imkonini beruvchi platformani ishga tushiradi. 7 noyabr, seshanba kuni Parijda joylashgan tashkilot sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali rus tilidagi servisni ishga tushirish bo‘yicha Eutelsat sun’iy yo‘ldosh operatori bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Maqsad - propagandaga qarshi turish
Maqsad «ko‘proq xilma-xil media-landshaftni targ‘ib qilish», shuningdek, davlat tashviqotiga qarshi turishdir, deyiladi bayonotda. Ta’kidlanishicha, bu rusiyzabon tomoshabinlarga quvg‘indagi Rossiya mustaqil ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xalqaro ommaviy axborot vositalarining «keng ko‘lamli yangiliklaridan foydalanish imkoniyatini» beradi.
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkiloti bosh kotibi Kristof Deluar loyihani «tashviqot mantig‘ini o‘zgartirishga qaratilgan ulkan tashabbus» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mustaqil ommaviy axborot vositalari shu tariqa axborot olish huquqidan mahrum bo‘lgan auditoriyani qamrab oladi va «avtoritar nazorat ostidagi kontent» tarqalishiga qarshi kurasha oladi.
Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Rossiyada mustaqil ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni ta’qib etish kuchaydi. Barcha yetakchi mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi yoki yopildi. «Chegara bilmas muxbirlar» matbuot erkinligi reytingida Rossiya 180 mamlakat ichida 164-o‘rinni egalladi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
Jahon | 16:24
-
Xushboq Rahimov va Tian Shuchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 16:23
-
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
O‘zbekiston | 16:10
-
Urushni tiklagan Netanyahu, Putinga gapi o‘tmayotgan Tramp va qamoqqa olingan Imomo‘g‘li - geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:10
Mavzuga oid

16:24
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

14:33
Rossiyada blogerlar alohida OKVED kodiga ega bo‘ladi

12:43
Rossiya Suriyaning yangi ma’muriyatiga ilk bor neft yetkazib berdi

10:41