Panorama Airways aviakompaniyasi Toşkent — Madina — Toşkent yönalişi böyiça bir neçta reyslarni vaqtinça bekor qildi. 

Uzbekistan Airports xabariga köra, 2023 yil 9 noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilingan.

Ayni damda mahalliy aviataşuvçining 5P-363 reysini amalga oşirayotgan samolyot texnik sabablarga köra Madina aeroportida turibdi. Toşkentdan parvoz avvaliga keçiktirilgan, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.

Xabarda aytilişiça, uşbu reysning 246 nafar yölovçisi Toşkent aeroportida 12 soat kutişdan söng Panorama Airways vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylaştirilgan.

Uşbu reyslarning jönab ketişi haqida ma’lumot oliş uçun aviakompaniya vakillariga murojaat qiliş tavsiya etilgan.