7 noyabr kuni Rada deputati, «poroshenkochi» Volodimir Ariyev feysbukdagi sahifasida o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra mudofaa vaziri Rustem Umerov parlamentga Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga chiqarish bo‘yicha taqdimnoma kiritgani haqida xabar tarqatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda vahima va «zrada» tarqaldi – ukrainlarning siyosiy jargonida xoinlik muvaffaqiyatsizligi shunday ataladi.
BBC’ning Kiyevdagi muxbiri Svyatoslav Xomenko Ukraina QK bosh qo‘mondoni atrofidagi voqealarni tahlil qildi.
General Zalujniy – ukrainlarning bugunning o‘zida yozilayotgan harbiy dostonining juda mashhur qahramonidir. Uning iste’fosi – keng omma tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llab-quvvatlanadigan qadam emasligi aniq.
Ariyev bir soat o‘tmasdan o‘z postini o‘chirib tashladi: Zalujniyning iste’fosi to‘g‘risidagi ma’lumot tasdiqlanmaganini aytdi.
«Zrada» bekormi? Yo‘q. Bu komik vaziyat bo‘lib ko‘rinadi – kim qanday qilmasin, Ariyev esa sobiq jurnalist sifatida o‘z manbasiga sinchkovroq yondashishi mumkin edi, lekin buning o‘rniga yana bir bor jamoatchilik e’tiborini Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni atrofidagi vaziyatga qaratdi.
Sezdirmay hasad qilish
Barchasini o‘z nomi bilan atagan ma’qul. Prezidentning atrofidagilar, balki Volodimir Zelenskiyning o‘zi ham hamisha Valeriy Zalujniyga nisbatan ma’lum darajada hasad his qilishgan.
U – xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasi bo‘yicha Zelenskiy bilan raqobatlasha oladigan yagona ukrainalikdir va bu, saylov istiqbollari bo‘yicha muhim eng muhim jihat. Ha, Ukrainada hozircha saylovlar rejalashtirilmayapti, lekin qachondir baribir bo‘ladi .
Ammo hozirga qadar bu hasad zimdan edi. Zalujniy hozirgi harbiy kampaniya bo‘yicha shokka tushiruvchi baholarini bildirgan maqolasidan keyin Ukraina prezidenti ofisi tomonidan nazorat qilinadigan telegram-kanallar va prezident pulidagi siyosatchilar xori qarshi qo‘yildi.
Zalujniyni taslimchilik, g‘alabali yakunga qadar kurashishni istamaslik (ya’ni Ukraina qurolli kuchlari mamlakatning 1991 yilgi chegaralarigacha chiqishi)da ayblashdi. Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish niyatida ekani va hatto yaqin yordamchilaridan birining fojiali o‘limi ham Zalujniyga qarshi qo‘yilmoqda.




















