Janubiy Koreya prezidenti KXDR tomonidan kutilmagan hujumlar sodir etilishi mumkinligini tan oldi
Pentagon rahbarining Seulga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreyaning raketa va yadro tahdidi bilan bog‘liq holda Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasida yangilangan xavfsizlik shartnomasi imzolandi.
Shimoliy Koreya tahdidi kuchayib borayotgan bir paytda, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni qayta ishlab chiqdi. Ikki davlat mudofaa vazirlari Sin Von Sik va Lloyd Ostin 13 noyabr, dushanba kuni Seuldagi muzokaralar chog‘ida kelishuvning yangilangan versiyasini imzoladi. Hujjatni qayta ko‘rib chiqish zarur edi, chunki avvalgi strategiya «Shimoliy Koreyaning raketa va yadroviy tahdidlari sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarga» mos kelmaydi, deb xabar berdi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi. Kelishuvning yangi tahriri tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Bir kun avval Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Lloyd Ostin va AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi generali Charlz Braun bilan muzokaralar chog‘ida KXDR rasmiylari Rossiya - Ukraina urushiga, shuningdek, HAMAS guruhining Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujumiga «to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita aloqasi» borligini aytdi.
Janubiy Koreya prezidenti KXDR tomonidan kutilmagan hujumlar sodir etilishi mumkinligini tan oldi
Janubiy Koreyaning «Ryonxap» axborot agentligi 13 noyabrga o‘tar kechasi davlat rahbari devoniga tayanib xabar berishicha, Yun KXDRning har qanday provokatsiyalariga, jumladan, HAMAS taktikasini eslatuvchi kutilmagan hujumlariga tez va qat’iy javob berishga qodir bo‘lgan Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma mudofaa pozitsiyasini egallashga chaqirgan.
Pentagon rahbari, o‘z navbatida, AQSh prezidenti Jo Bayden Seul va Vashington o‘rtasidagi ittifoqni har qachongidan ham mustahkamlash tarafdori ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Shimoliy Koreya rasmiylari AQSh boshchiligidagi BMT qo‘mondonligining ikki Koreya davlati chegarasidagi demilitarizatsiya zonasi monitoringini tanqid qilgan edi. Pxenyan ko‘p millatli kuchlarni zonadan olib chiqib ketish talabini qo‘ydi.
Mavzuga oid
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024