Kelgusi yil Rossiyaning Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi uçun hal qiluvçi yil böladi, deydi Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak. 13 noyabr, duşanba kuni Vaşingtondagi Gudzon institutida sözlagan nutqida u Qöşma Ştatlarni Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yanada kuçaytirişga va kelayotgan qiş oldidan mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaşga kömaklaşiş uçun Kiyevga yana ham köproq qurol-aslaha topşirişga çaqirdi. «Uruşdagi buriliş nuqtasi yaqinlaşmoqda», deb hisoblaydi Yermak. 

Uning sözlariga köra, ayni paytda Ukraina Qurolli kuçlarining qarşi hujumi olğa siljimoqda va Ukraina qöşinlari yaqin vaqtgaça Rossiya qöşinlari tomonidan töliq nazorat qilingan Dnipro çap qirğoğida mustahkam örnaşib olgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ğalabaga qanday erişişni biladi, deya işonç bildirdi uning idorasi rahbari. Yermak, şuningdek, ukrainaliklar AQŞdan körsatilayotgan yordam uçun nihoyatda minnatdor ekanini aytdi va Vaşington xalqaro xavfsizlik tizimidagi yetakçi rolini saqlab qolişiga umid bildirdi. 

Bloomberg: Zalujniy bilan soliştirganda uruş böyiça optimistik fikr

Bloomberğning ta’kidlaşiça, Gudzon institutidagi nutq va muhokamalar çoğida Yermak avvalroq Economist bilan intervyuda «boşi berk holat» haqida e’lon qilgan Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyga qaraganda uruş haqida ança optimistik fikr bildirdi. Yermak AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyadan milliy xavfsizlik maslahatçilari bilan uçraşib, ulardan yordam söraşini aytdi. 

Vaşingtonga taşrifi çoğida Andriy Yermak AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar ötkazdi. Blinken uçraşuv çoğida Kiyevga qişda Rossiyaning mamlakat fuqarolik infratuzilmasini ehtimoliy öqqa tutişiga qarşi turişda yordam taqdim etilişi töğrisida va’da berdi. «Ukraina hukumati bilan bölgan barça suhbatlarimizda biz ularni qöllab-quvvatlaşda davom etişimizni oçiq aytyapmiz», - dedi Davlat departamenti vakili Metyu Miller muzokaralar haqida. 

Yermak Blinken bilan uçraşuvni «muhim va samarali» deb atadi hamda «AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati, AQŞ Kongressining ikkala palatasi va butun Amerika xalqiga misli körilmagan yordami uçun» minnatdorçilik bildirdi. «Qiş yaqinlaşar ekan, biz Rossiya raketa hujumi kuçayişini kutmoqdamiz. Şuning uçun haqiqatan ham Ukraina şaharlarini, muhim infratuzilma obektlarini, şuningdek, «don yölagi» yöllarini himoya qiladigan havo mudofaasi va raketaga qarşi mudofaa tizimlari kerak», deb yozadi Yermak Telegram-kanalida.