Tadbirkorlarga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratiladi
Bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’yektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 mln so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi.

Foto: Kun.uz
Tadbirkorlik sub’yektlariga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratiladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’yektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qilinadi.
Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari 2023 yil 25 noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha takliflarini va hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali taqdim etilgan loyihalar 28 noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
30 noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga davlat granti ajratilishi so‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.
Loyihalar 15 dekabrga qadar Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya qaroriga ko‘ra 2023 yil 20 dekabrga qadar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi
Jahon | 16:24
-
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari
Jahon | 15:45
-
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi
Iqtisodiyot | 15:45
-
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025