Rus tili davlat tili bölmagan mamlakatlar fuqarolari mijozlar bilan muloqot qilişni nazarda tutuvçi kasblarda, jumladan, taksi haydovçisi, sotuvçi va kuryyer bölib işlamasligi kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri örinbosari Pyotr Tolstoy Federatsiya Kengaşidagi parlament eşituvlarida aytib ötdi.
«Agar rus tili sizning davlat tilingiz bölmasa, keçirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari jamoat joylarida işlamasligi kerak: haydovçi, sotuvçi va ayniqsa Yandex kurerlari sifatida. Bunday mas’uliyatli iş ular uçun emas», dedi Tolstoy.
Davlat dumasi raisi örinbosarining sözlariga köra, xorijiy mamlakatlarda «farzandlarini Rossiya elçixonalari qoşidagi rus maktablariga berişni xohlaydigan mahalliy aholi köp, ammo qonun bunga ruxsat bermaydi. «Biz buni özgartirişimiz kerak», — deydi Pyotr Tolstoy.
Keyinroq u «rus tili barça sobiq ittifoq respublikalari hududida millatlararo muloqot tili bölişi kerak»ligini aytib navbatdagi bayonotini berdi.
«Afsuski, bugungi kunda Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv pozitsiyada. Biz sobiq sovet respublikalaridan fuqarolarni qabul qilamiz — ular quriliş sohasida xorijiy mutaxassislar sifatida kelişadi. Bir hafta ötgaç, yuqori texnologiyali Yandex kompaniyasining logistika va kurerlik xizmatlari sohasida ajralmas xodim bölib işga olinadi: söng oilalarini olib kelişadi — bolalari rus maktablariga boradi. Va hammasi yaxşidek, lekin… Bu jarayon „rus tili imtihoni“ deb nomlanuvçi profanatsiya fonida sodir böladi. Undan ötgan yuqori malakali mutaxassislar, aslida, rus tilini bilişmaydi. Va bu xuddi şu huquqbuzarliklar sodir etilganda aniq böladi — migrantlar birinçi navbatda tarjimonni talab qiladi, çunki «ular rus tilini tuşunmaydi», — deydi deputat.
U «bu muammoni tizimli ravişda hal qiliş»ga çaqirgan.
«Sobiq SSSR mamlakatlarida rus maktablari tizimini rivojlantiriş muhimdir. Bugungi kunda rus tili millatlararo muloqot tili sifatida faqat Belarus, Qozoğiston va Qirğizistonda qöllanadi. Ammo Armaniston, Özbekiston, Tojikiston va boşqa davlatlarda-çi, yöq. U yerda rus-tuzem maktablarini quriş, 90-yillarda „öldirilgan“ sovet integratsiya tizimini rivojlantirişni bizning hisobimizdan emas, yuqorida qayd etilgan davlatlarning fuqarolari Rossiyada işlab topib, vataniga yuboradigan daromadlari hisobidan mustaqil ravişda amalga oşirişini taklif qilaman», — degan u.
Ma’lumot uçun, Rossiyadan taşqari, rus tili Belarusda, şuningdek, tan olinmagan Janubiy Osetiya va Dnestrböyi respublikalarida davlat tili maqomiga ega. Qirğizistonda rus tili ma’lum çeklovlar bilan rasmiy maqomga ega, tan olinmagan Abxaziyada ham vaziyat xuddi şunday.

















