Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer va uning finlandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo Rossiyani Ğarb davlatlarini beqarorlaştiriş maqsadida qoçqinlarga ataylab çegaradan ötişda yordam berişda aybladi. «Biz bilamizki, çegara yaqinidagi Rossiya çegara idoralari kelayotganlarga yordam beryapti», dedi Niinistyo 15 noyabr, çorşanba kuni Bonnda bölib ötgan matbuot anjumanida. 

Finlandiya prezidentining sözlariga köra, uçinçi davlat fuqarolari Finlandiyaga Rossiyadan keladi va u yerda ular pullik yordam olişi mumkin. Odatda, gap hujjati bölmagan muhojirlar haqida boradi, ularning aksariyati Finlandiya orqali Germaniyaga yöl olişi mumkin, dedi Niinistyo. Uning qayd etişiça, Finlandiyada sönggi paytlarda Rossiya çegarasida muhojirlar sonining köpayişi qayd etilgan. 

Rossiyadan Belarus va Polşa orqali Germaniyaga kelayotgan qoçqinlar soni ortib bormoqda 

Ştaynmayyerning ta’kidlaşiça, oxirgi paytlarda qoçoqlar Markaziy Yevropaga, masalan, Ğarbiy Bolqon orqali yetib boradigan odatiy yöllardan taşqari, Rossiyadan Belarus va Polşa orqali Germaniyaga çegarani kesib ötişi holatlari tez-tez uçrayapti. «Albatta, bu migratsiya va qoçqinlarni qabul qiliş borasidagi nemis içki munozaralarini osonlaştirmaydi», dedi u. 

«Rossiya va boşqa mamlakatlardagi odamlar bu muhokamalar qançalik qiyinligini, ular Finlandiya va Germaniya kabi mamlakatlarda ham içki tartibsizliklar va siyosiy qiyinçiliklarni keltirib çiqarayotganini yaxşi bilişiga işonaman. Şuning uçun men bu mutlaqo beixtiyor sodir bölayotgani yöq deb öylayman», - deya qöşimça qildi Germaniya prezidenti. 

Finlandiya 16 noyabr kuni Rossiya bilan çegaradagi çegara postlarini yopişni rejalaştirmoqda

Finlandiya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida 16 noyabr kuni Rossiya bilan çegaradagi nazorat-ötkaziş punktlarini yopiş niyatida, deya xabar bermoqda Helsingin Sanomat va Ilta-Sanomat mahalliy naşrlari manbalarga tayanib.

Ularning eslatişiça, 15 noyabr kuni mamlakat içki işlar vaziri Mari Rantanen çegarada yangi çeklov çoralari böyiça matbuot anjumani ötkazişi kerak edi, biroq u bekor qilindi. Helsingin Sanomat xabariga köra, bunga «çegaradagi vaziyatning yomonlaşişi» sabab bölgan va şuning uçun hukumat yanada qattiqroq çeklovlar tayyorlaşga qaror qilgan. 

Hozirça barça nazorat-ötkaziş punktlari yopiladimi yoki ayrimlarimi, bu - aniq emas, deb yozadi naşr.